Get Mystery Box with random crypto!

SHUNCHAKI BOSHLA. Biror ishni boshlamoqchisan, lekin natijasi | Inson omili

SHUNCHAKI BOSHLA.

Biror ishni boshlamoqchisan, lekin natijasidan qoʻrqayapsan va bu ishni choʻzib yuribsan, kimdur shu ishni qilganmikin, qanday natijaga erishgan ekan deb qidirasan va ular bu ishda qanday natijaga erishganini aytishadi, yutugʻini aytishadi, lekin yutuq erishguncha qanday toʻsiqlardan, mashaqqatlardan, oʻtganini aytishmaydi, aytishsa ham maʼlum bir qismini. Boshqalari esa bu ishga urinishganini, lekin har chand urinmasin natija bermaginini aytishadi. Sen yaxshisi oʻsha ishni qilib koʻr, omadsizlikka uchrasang ham qaytma, faqat oldinga qadam bos, xato qilishdan qoʻrqma, eng kamida sen tajribaga erishasan, qimirlamay xato qilishdan qoʻrqib uyda oʻtirgandan koʻra ancha yaxshi.

@INSON_OMILI