Get Mystery Box with random crypto!

“18 yoshli qiz yangi tug’ilgan chaqalog’ini hojatxonaga tashla | Insaf.Aliev Blog

“18 yoshli qiz yangi tug’ilgan chaqalog’ini hojatxonaga tashlab o’ldirdi” - qaysidir telegram kanal

Yangiliklar keladigan telegram kanallaridan chiqib ket. Ular asosan negativ xabarlar haqida yozishadi. Yangiliklardan bari-bir quruq qolmaysan. Agar arzirli yangiliklar bo’lsa uni sanga albatta boshqalar yetkazadi.

Kanallarda keladigan xabarlarning juda katta qismi negativ ruhidagi xabarlarga asoslangan. Hamma bitta 18 yoshli qiz o’z farzandini o’ldirgani haqida yozadi. Lekin hech kim minglab 18 yoshli ota-ona o’z farzandiga to’g’ri tarbiya berayotganini gapirmaydi.

Bunday yangiliklar sani hayotga qarashingni negativ tomonga burib qo’yadi. O’zbeklar yomon, musulmonlar yaxshi emas, davlatimiz aybdor kabi so’zlar ham aynan shu yangiliklar orqali yuzaga kelgan.

Shuning uchun yangiliklar keladigan telegram kanallarini kuzatma. Hayotga qarashing pozitivligicha saqlanib qolgani yaxshi. Sanga kerak xabarlardan qolib ketmaysan, havotir olma.

P.s O’zim 2 yildan beri unday kanallarni kuzatmayman. Negativ xabarlarni asosan gruppalarga tanishlarim yuboradi)

@Insaf_Aliev_Blog