Get Mystery Box with random crypto!

'Chekish sani bari bir o'ldiradi' Compound effect - Hozir qil | Insaf.Aliev Blog

"Chekish sani bari bir o'ldiradi"

Compound effect - Hozir qilayotgan har bir doimiy ishing, kelajakda o'zing kutmagan juda katta natijani beradi.

Har kuni 1-2 km yugurish kelajakda sog'lom bo'lishingni ta'minlasa, har kuni 5 bet kitob o'qish fikrlashing boshqalarnikidan ancha yaxshi bo'lishini ta'minlaydi.

Gap bitta kitobni 1 kunda tugatish yoki 100 km masofani 1 kunda yugurishda emas, gap kam-kamdan, ammo, har kuni qilishda.

Chekayotgan odam o'z tanasida dofamin garmonini his qiladi va boshida chekish unga yoqadi. Vaqt o'tib sigaret tutatmasa turolmaydigan bo'lib qoladi va har kunlik protsess insonda turli xildagi ichki kasalliklarni yuzaga keltiradi.

Compound Effect'da kelajakda hayoting qaysi tomonga o'zgarishi, hozirgi qilayotgan kichik ishlaringga bog'liq. O'z yo'lingni o'zing tanlaysan.

Shuning uchun kichik-kichik foydali narsalardan boshla va ularni doimiy qil...

Har kuni: 5 bet kitob o'qi, 10 ta xorijiy so'z yodla, 300-400 metr yugur. Buni do'stlaring eshitib qolsa, ustingdan kulishi aniq. Ammo 3-4 yildan keyin ular bilan sani farqing katta bo'ladi. Ishonaver.

P.s 5 bet kitobni vaqt o'tgan sari ko'paytirib boraverasan

@Insaf_Aliev_Blog