Get Mystery Box with random crypto!

Qisqartirish eng to’g’ri qaror Son sifat degani emas. Ba’zida | Insaf.Aliev Blog

Qisqartirish eng to’g’ri qaror

Son sifat degani emas. Ba’zida son shunchaki ko’proq muammolar deganidir. O’zim ta’lim sohasida bo’lganim sababli yangi o’quv markazlarni faoliyatini kuzataman. Ular o’quv markazida nimalarni o’rgatayotganini bilishga harakat qilaman.

Ko’p hollarda ularning darslar ro’yxati mana shunday bo’ladi:

- Rus tili
- Ingliz tili
- Matematika
- SMM
- Arab tili
- Dasturlash


Ular bu orqali ko’proq o’quvchi jalb qilaman va tezroq daromadga chiqaman deb o’ylaydi. Aslida esa product’da son ko’payish ko’proq va kattaroq muammolar keltirib chiqaradi.

Mashhur oshpaz Gordon Ramsay biror restoranga konsultatsiya bersa birinchi menu’ni qisqartirishni tavsiya qiladi va odatda 30 talik menu’ni 10 gacha qisqartiradi.

Kam mahsulot kamroq bosh og’riq. Faqat endi shu mahsulotlar sifati ustida ishlansa bo’ldi. O’quv markazlarda ham bu ishlaydi. Qolgan bizneslarda esa bilmadim. Sinab ko’rmaganman.

@Insaf_Aliev_Blog