Get Mystery Box with random crypto!

Nega xususiy ta’lim qimmat? - Yaxshi o’qituvchilar; - Qulay l | Insaf.Aliev Blog

Nega xususiy ta’lim qimmat?

- Yaxshi o’qituvchilar;
- Qulay lokatsiya;
- Sifatli ta’lim;
- Tajribali metodistlar;
- Halol va sog’lom ovqatlar qayerda arzon?

Farzand ta’limiga to’lanadigan yillik 5000-6000$ pulni (xususiy maktablar o’rtacha shunday) qimmat degandan ko’ra, o’lchovlarni o’zgartirgan yaxshiroq.

Bir kunlik to’y uchun sarflanib ba’zan yetmay qoladigan bu pulga farzandingiz bir yil sifatli ta’lim olishi mumkin. To’y-ku bir kun o’tadi-ketadi. Ilm esa bir umr farzandni bezaydi.

Arzon ta’lim deyarli hech qachon sifatli bo’lmaydi. Ta’lim ham sifatli va ham arzon bo’lishi uchun juda katta «объём» kerak bo’ladi. Nasb shu kunlar ham keladi.

Bilaman, mani blogimni ota-onalar deyarli kuzatishmaydi. Ammo bu matnni o’qiyotgan san bir kun Alloh nasb qilsa ota-ona bo’lasan.

Sanga va o’zimga eslatma, o’lchovlarni o’zgartir. Farzand ta’limi uchun yiliga 5000$ katta pul emas!

@Insaf_Aliev_Blog