Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz Tilini O'rganamiz

Telegram kanalining logotibi inglizenglish — Ingliz Tilini O'rganamiz I
Telegram kanalining logotibi inglizenglish — Ingliz Tilini O'rganamiz
Kanal manzili: @inglizenglish
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.84K
Kanalning ta’rifi

Ikkinchi telegram sahifamiz:
🇦🇺 @ixtiyor_avstraliya
Reklama @englishads_manager

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 414

2021-05-11 07:57:46
4000 Essential English Words:

#book_1_unit 22

actual - haqiqiy
amaze - hayratda qoldirmoq
charge - narx
comfort - taskin bermoq, ovutmoq
contact - aloqaga chiqmoq
customer - haridor
deliver - elitmoq, yetkazmoq
earn - pul ishlab topmoq
gate - darvoza
include - o'z ichiga olmoq
manage - boshqarmoq
mystery - sir, junboq
occur - sodir bo'lmoq
opposite - teskari, zid
plate - likop
receive - qabul qilmoq
reward - mukofot, sovrin
set - qo'ymoq, o'rnatmoq
steal - o'g'irlamoq
thief - o'g'ri

@Inglizenglish
12.2K viewsАзимжон, edited  04:57
Ochish/sharhlash
2021-05-11 06:51:31
Havana- I lost you(eng-uzb lyrics)

Tarjimasi bilan

@InglizEnglish
11.3K viewsNomozov Boysoat, edited  03:51
Ochish/sharhlash
2021-05-11 02:06:37
Bir o‘quvchi IMTIHONDA BERILGAN
6TA SAVVOLGA TO‘GʻRI JAVOB BERGAN BO‘LISHIGA QARAMAY «0» BAHO OLDI!


P. S. Aytishlaricha, bu bolani o‘qitgan sinf rahbari o‘qituvchilikni tashlab chorvachilik bilan shug‘ullanayotganmush

Qani qanaqa ekan o‘sha savollar, va unga berilgan savollarchi?

Hammasi bu yerda

2.3K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 23:06
Ochish/sharhlash
2021-05-10 20:03:02
Song - Ain’t Crying in the Club
Flower Animation Video
Very Heart Touching


@Inglizenglish
7.6K viewsNomozov Boysoat, 17:03
Ochish/sharhlash
2021-05-10 19:08:12
"Men Ro'zaman" - Inglizchaga tarjima qiling!
9.6K viewsNomozov Boysoat, 16:08
Ochish/sharhlash
2021-05-10 18:30:22 Zarurat va muhimlikni bildirish fe’llari

Zarurat va muhimlikni bildirgan fe’llar “to”siz infinitiv shaklida yoki “should+infinitiv” shaklida ishlatilib, faqat ma’lum fe’llar va iboralardan keyingina qo’llaniladi. So’nggi yillarda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida aynan mana shu mavzu asosida tuzilgan savollar ko’p uchrayapti.

Zarurat va muhimlikni anglatuvchi fe’llarning ishlatilishi va tarjimasiga e’tibor bering:

I suggest that he study 
Men uning o’qishini maslahat beraman (uning o’qishi zarur).

Is it essential that we be there?
Bizning u yerda bo’lishimiz zarurmi?

Don recommended that you join the committee
Don Sizning qo’mitaga qo’shilishingizni tavsiya etdi (uning fikricha, Sizning qo’mitaga qo’shilishingiz muhim ekan).

Bu turdagi fe’llar har doim ma’lum bir fe’llar va iboralardan keyin “THAT” orqali boshqa bir gapning bog’lanishida keladi.
Yuqorida ko’rsatilganidek zarurat va muhimlikni anglatuvchi fe’llar quyidagi mahsus fe’llardan keyin ishlatiladi. Ya’ni, quyidagi fe’llardan keyin “THAT” orqali bog’langan gaplarda zarurat va muhimlikni anglatuvchi fe’llar “to”siz infinitiv yoki “should+infinitiv” tarzida ishlatiladi:


to advise (that) – maslahat berdiki
to ask (that) – so’radiki
to command (that) – buyurdiki
to demand (that) – talab qildiki
to desire (that) – xohladiki
to insist (that) – turib oldiki
to propose (that) – so’radiki
to recommend (that) – tavsiya etdiki
to request (that) – talab qildiki
to suggest (that) – taklif qildiki
to urge (that) – ta’kidladiki

Yuqoridagi fe’llarning ishlatilishini quyidagi misollarda ko’ring:
Dr. Smith asked that Mark submit his research paper before the end of the month.
Donna requested Frank come to the party.
The teacher insists that her students be on time.


Bundan tashqari zarurat va muhimlikni bildirish fe’llari quyidagi iboralardan keyin ham ishlatiladi:

It is best (that)
It is crucial (that)
It is desirable (that)
It is essential (that)
It is imperative (that)
It is important (that)
It is recommended (that)
It is urgent (that)
It is vital (that)
It is a good idea (that)
It is a bad idea (that)

Misollarga e’tibor bering:

It is crucial that you be there before Tom arrives.
It is important she attend the meeting.
It is recommended that he take a gallon of water with him if he wants to hike to the bottom of the Grand Canyon.

Davomi 21:00 da tashlanadi...

@InglizEnglish
8.8K viewsNomozov Boysoat, 15:30
Ochish/sharhlash
2021-05-10 18:00:31
O'zbekistonda 20 000 taga yaqin yosh shogirdlarni kompyuter sohasida 0% dan professional darajaga olib chiqishga erishgan VIDEOMAX.UZ jamoasi sizlarga INNOVATSIYA kurslarni taklif qiladi.

1C Buxgalteriya
Solidworks
3D max
AutoCAD
Revit Arxitektura
ArtCAM Rover CHPU
Pro100 Mebel
Corel Draw
Photoshop
ILLustrator
Wordpress 3 Kunda Sayt Yaratish
Video Montaj
Kompyuterni Noldan O'rganish
MS Word
MS Excel
Frontend developer
SMM Dizayn
SMM Marketing
Sayt Dizayn
Adobe XD Dizayn
English 0 dan (NEW)
Rus Tili 0 dan (NEW)
Koreys Tili

O'zingiz istagan kompyuter dasturini hech qayerga bormasdan turib uyingizda o'tirgan holda tez va oson 0% dan professional darajada o'rganishga nima deysiz

BATAFSIL KO‘RIB CHIQISH

+998935600389

@Qayumova_sh
7.9K viewsNomozov Boysoat, 15:00
Ochish/sharhlash
2021-05-10 14:31:10 #grammar_time

Mavzu: in time va on time birikmalarining farqi

on time - o'z vaqtida, belgilangan vaqtda degan ma'noda ishlatiladi. Demak, bu birikma ishlatilishi uchun ish-harakat aniq vaqtga belgilangan va shu vaqtda sodir boʻlishi kerak.
The 11.45 train left on time. (poyezd 11.45da ketgan)
Please be on time. Don't be late. (Iltimos, o'z vaqtida keling, kechikmang)
The conference was very well-organised. Everything began and finished on time. (Hamma narsa belgilangan vaqtida boshlanib va belgilangan vaqtda tugagan.)

in time (for something/to do something) - yetarlicha erta, vaqtida ulgurib degan ma'noda ishlatiladi. Bu yerda aniq vaqt boʻlmaydi va kimdir biror ish qilishga ulgurishi asosiy oʻrinda turadi.
Will you be in time for dinner? (Kechki ovqatga ulgurasanmi?)
I must hurry. I want to get home in time to see the football match on television.

in time iborasining antonimi too late (juda kech) hisoblanadi.
I got home too late to watch the game on TV. (Men juda kech bordim - o'yinni ko'rolmadim)

ust in time - zoʻrg'a ulgurib birikmasi ishlatilishiga e'tibor bering.
A child ran across the road in front of the car, but I managed to stop just in time. (mashinamni vaqtida toʻxtatishga zoʻrg'a ulgurdim)

in good time - ancha oldin degan ma'noda qoʻllaniladi.
You must arrive at the airport in good time not to miss your flight.

@inglizenglish
9.9K viewsАзимжон, 11:31
Ochish/sharhlash
2021-05-10 14:17:51 From the marked areas 1, 2, 3 and 4, identify the one that is wrong.

The Statue of Liberty is one of the most (1) well-known and beloved monuments in (2) America. They (3) has become a lasting symbol of freedom (4) throughout the world.

A) 1 B) 2
C) 3 D) 4
8.4K viewsNomozov Boysoat, 11:17
Ochish/sharhlash
2021-05-10 13:30:20
Ingliz tilida "Jin ursin" iborasi qanday tarjima qilinadi?
9.0K viewsNomozov Boysoat, 10:30
Ochish/sharhlash