Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika Modal Verbs - Modal fe’llar Must ​​ | Ingilis tili

Foydali grammatika

Modal Verbs - Modal fe’llar

Must


​​​​✓ Must yozma nutqda ishlatiladi.  
✓ U odatda jiddiy so‘z
✓ Must'ning ma'nosi “Biror ishni qilish kerak ya'ni u bunga majbur”

Misol:
I must go to my work
— Men ishimga borish kerak


✓ Taqiqlashni ifodalash: must not
Must not taqiqni ifodalaydi (Buni qilma!)

Children, you must not play with matches!
— Bolalar, sizlar gugurt bilan o'ynamasliklaring kerak!


✓ Mantiqiy xulosalar: must

Quyidagi gapda so‘zlovchi B mantiqiy xulosa chiqaryapti. U o‘z xulosasida Nozimaning esnayotganiga asoslanyapti.
Uning mantiqiy xulosasi: Nozima uyqusirayapti. U mantiqiy xulosasini ifodalash uchun must to dan foydalanyapti.

A: Nozima is yawning. - A: Nozima esnayapti.
B: She must be sleepy. - B: U uyqusirayotgan bo‘lsa kerak.


Boshqa misollar

I must learn English.
— Men ingliz tilini o’rganishim shart.

We must respect our parents.
— Biz ota-onalarimizni hurmat qilishimiz kerak.

You mustn’t park here. It is forbidden.
— Siz bu yerda to’xtab tura olmaysiz. Bu ta’qiqlangan.

Must you go there?
— U yerga borishingiz shartmi?

You must tell me!
— Siz menga aytishingiz kerak!


@Ingiliz_tilii