Get Mystery Box with random crypto!

Foydali grammatika I'm going to... - Men ... moqchiman. • | Ingilis tili

Foydali grammatika

I'm going to... - Men ... moqchiman.


• Kelgusida biror ishni qilmoqchi bo'lganingizni hozir ifodalasangiz "going to" funksiyasidan foydalanasiz.

• Bu judayam oddiy bo'lib, bunda egadan so'ng am/is/are qo'yiladi, so‘ng "going to" yoziladi, keyin harakat so'zi, keyin boshqa so'zlar yoziladi.

• Harakat so'ziga "ing" qo'shilmaydi, chunki "going to"dagi "ing" kifoya qiladi.

Misollar:
I am going to watch TV this evening
- Men bu oqshom televizor ko'rmoqchiman.


He is going to have a bath
- U vanna qabul qilmoqchi.

They are going to eat tomorrow
- Ular ertaga ovqatlanmoqchi.


• Inkor qilish uchun doimgidek "not" ishlatamiz:
I'm not going to cook a meal
- Men ovqat pishirmoqchi emasman.


• Savol berish uchun doimgidek am/is/are egadan oldinga o'tadi. What, when, how kabi so'roq gaplar bo'lsa gap boshida keladi.
Are you going to buy a car
- Mashina sotib olyapsizmi?

What is he going to wear to the party on Monday
- U dushanba kungi kechaga nima kiyib bormoqchi?