Get Mystery Box with random crypto!

Ijodiyot

Telegram kanalining logotibi ijodiyot1 — Ijodiyot I
Telegram kanalining logotibi ijodiyot1 — Ijodiyot
Kanal manzili: @ijodiyot1
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52
Kanalning ta’rifi

Jurnalist, ijodkor, tarjimon Samijon Juraqulovning ijod kanali.
"Faqat ijod... Ijodda hamma narsa mujassam"

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-07 17:37:34 #ga_maktublar. 
  Usmon Azimning "Yomgʻir" sheʼridan taʼsirlanib


"Ezilib-ezilib yomgʻirlar yogʻdi
Ezilib-ezilib ado boʻldi jon"¹
"Sheʼrdan kema yasab, selda suzgin" deb
Dilni ijaraga olgandi osmon.

Sochlarimni yuvar, yuvar yuzimni
Koʻz yoshga tomchilar ketar qorishib.
Darigʻ tutgan edim undan soʻzimni
Endi yashayapman oʻzla olishib.

Ezilib-ezilib yigʻlaydi osmon
Ezilib titrar dil, unga bir sas kam
Menku qadrin bilmay oʻtgan bir yomon
Vafosiz ekansan, yomonsan sen ham.

Shamol shivirladi quloqlarimga
Oʻsha tannozingdan "mehrini tilan"
Qoʻy doʻstim, ezilsin, yigʻlasin osmon
Ijaraga olgan yuragim bilan...

Ezilib-ezilib yogʻadi yomgʻir...


Samijon Juraqulov

@ijodiyot1
743 views14:37
Ochish/sharhlash