Get Mystery Box with random crypto!

#ga_maktublar.    Usmon Azimning 'Yomgʻir' sheʼridan taʼsirla | Ijodiyot

#ga_maktublar. 
  Usmon Azimning "Yomgʻir" sheʼridan taʼsirlanib


"Ezilib-ezilib yomgʻirlar yogʻdi
Ezilib-ezilib ado boʻldi jon"¹
"Sheʼrdan kema yasab, selda suzgin" deb
Dilni ijaraga olgandi osmon.

Sochlarimni yuvar, yuvar yuzimni
Koʻz yoshga tomchilar ketar qorishib.
Darigʻ tutgan edim undan soʻzimni
Endi yashayapman oʻzla olishib.

Ezilib-ezilib yigʻlaydi osmon
Ezilib titrar dil, unga bir sas kam
Menku qadrin bilmay oʻtgan bir yomon
Vafosiz ekansan, yomonsan sen ham.

Shamol shivirladi quloqlarimga
Oʻsha tannozingdan "mehrini tilan"
Qoʻy doʻstim, ezilsin, yigʻlasin osmon
Ijaraga olgan yuragim bilan...

Ezilib-ezilib yogʻadi yomgʻir...


Samijon Juraqulov

@ijodiyot1