Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Present perfect (question) - Hozi | It’s Javohir

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Present perfect (question) - Hozirgi tugallangan zamon (so‘roq)

Present perfect zamonida so’roq shaklidagi gaplarni yasash uchun «TO HAVE» fe’li (have yoki has) egadan oldinga o’tkaziladi.

Formulasi:
Have/has+Ega+V3(ied,ed,d)

Keling, o‘tgan darsdagi darak va inkor shaklidagi gaplarni bugun so’roq gaplarga aylantiraylik:

Has Saida lost her passport? – Saida pasportini yo’qotdimi?
(Natijada hozir unda pasport yo’qmi?)

Has Temur bought a new car? – Temur yangi mashina sotib oldimi?
(Natijada hozir unda yangi mashina bormi?)

Have you cleaned your shoes? – Siz oyoq kiyimlaringizni tozaladingizmi?
(Ular hozir tozami?)

E’tibor bering, yoqoridagi so’roq gaplarda ish-harakat qachon sodir etilganligi emas, balki sodir etilgandan keyingi natija eng muhim hisoblanayapti. Shundan ham bilishingiz mumkinki, hozirgi tugallangan zamonda ish-harakat sodir etilgan vaqt muhim emas, bizga ish-harakatning natijasida hozir nima natija hosil bo’lganligi muhimdir.

Eslab qoling.
Hozirgi tugallangan zamon quyidagi payt ravishlari bilan birga ishlatiladi:


already - allaqachon;
yet – hali (inkor va so’roq gaplarda);
since / for – …dan beri;
never – hech qachon;
ever – qachondir va boshqalar…