Get Mystery Box with random crypto!

ibratli.vaqt

Telegram kanalining logotibi ibratlivaqt — ibratli.vaqt I
Telegram kanalining logotibi ibratlivaqt — ibratli.vaqt
Kanal manzili: @ibratlivaqt
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.13K
Kanalning ta’rifi

Instagramda sahifaga a'zo bo'ling;👇✊
https://instagram.com/ibratli.vaqt?igshid=iqb2h82bvlb5
Men bilan aloqa;
📥 @oybek_xolmirzaev
📞 998990922002

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-26 17:16:32
Ertaga 9 zulhijja, Arafa kuni!

Arafa kuni ro'zasini tutish fursatini o'tkazib yubormang! Chunki u gunohlar kechiriladigan ulug' kundir.

Arafa ro'zasining vaqti
(Toshkent vaqtiga ko'ra) :

Og'iz yopish: 03:05
Og'iz ochish: 20:02

Yaqinlarga ham ulashing!
@ibratlivaqt
10.0K views14:16
Ochish/sharhlash
2023-06-22 15:07:07
Solihamga maktub ...

Bir bo'ydoq uylanish uchun Allohga tavakkal qilib bel bog'lapti. O'z dunyo qarashi, fikrlashi, qanday ayol xohlayotgani yuqoridagi videodagi gaplar ekan. U bo'ydoqga hoyu-havas, dunyo qiziq emas ekan, u dinining yarmi soliha ayol ekanligini bilar va uni topish uchun barcha sabablarini qilayotgan ekan. Bir necha qizlar bilan xatto uchrashuvda ham bo'lipti, qizlarda esa o'zi xohlayotgan sabablarni ko'rmapti yoki ko'rsa ham jamiyatning keraksiz va odamlar ko'rib qo'ysingga qiladigan urf odatlari tufayli Alloh qaytargan ishlarni qilishga majbur bo'ladigan holatga tushib qolayotgan ekan yoki ota-onasi qarshilik qilarmish. Alloh o'zi xohlagan munosibini olib qo'yganiga ishonib va duo qilishda davom etayotgan ekan...

Achinarlisi shundaki, o'sha bo'ydoq menman. Va xuddi men kabilar sanoqsizdir... Alloh qilingan sabr va uning yo'lida qilingan to'g'ri amal uchun albatta eng go'zal va hayrlisini berishiga ishonaman. Siz ham ishoning...

#ichimdagigaplar

•• @ibratlivaqt
#repost
9.1K viewsedited  12:07
Ochish/sharhlash
2023-06-20 15:07:20
Yaqinimga...

P.s Negadir shu kunlarda o'limni eslagim keldi va sizlarga ham eslatgim keldi...

•• @ibratlivaqt
#repost
8.7K views12:07
Ochish/sharhlash
2023-06-12 18:58:01
Hayot va mamot... Har bir narsaning ibtidosi bo'lganidek, intihosi ham albatta bo'ladi. Shu bilan birga inson umrini ham. Intiho qachon bo'lishini bilmayman. Lekin bir narsani aniq bilaman, bu dunyo mag'zunlik va siqilib yurish uchun juda qisqalik qiladi.

Hayotni boricha qabul qiling, maqsadlar tomon intiling, xato qilishdan qo'rqmang. Bugungi ishni ertaga qo'ymang, kechirim so'ramoqchimisiz, so'rang. Sevishingizni aytmoqchimisiz ayting. Biznes qilmoqchimisiz, boshlang. O'ylashga, to'xtashga vaqt yo'q, u juda tez, bir kuni hamma imkoniyat bizdan olib qo'yilganda, nega ularni qilmaganman deb afsuslanasiz. Shunday ekan vaqtingizdan maksimal foydalaning, kamroq o'ylang...

@ibratlivaqt
10.4K views15:58
Ochish/sharhlash
2023-06-09 16:07:53
Sen ba'zida yo'ling tog'ri bo'lsa ham atrofdagilardan uyalasan...

Yoningdagi insonga o'zingcha mos bo'la olmaganingdan uyalib, o'zingni o'zgartirishga harakat qilasan...

Haqiqat achchiq bo'ladi, vijdoning qiynalgani uchun ba'zan rost gapirib qo'yib uyalasan...

Chin qalbdan, yurakdan sevganing uchun ham uyalasan...

Nega?

Sen nega uyalasan? Ular uyalsin...

•• @ibratlivaqt
#repost
3.3K viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2023-06-06 15:49:58 - Hayotda siz uchun eng muhim narsa nima?

- Oilada ayol kishining vazifalari nimada deb o'ylaysiz?

- Er, qaynota hamda qaynona hayotingizda qanday o'rinda bo'ladi va nima uchun?

- Nimalardan ko'p xursand bo'lasiz va xafa bo'lasiz?

- Insonning hayotida pul qanchalik muhim deb o'ylaysiz?

- Kelajakda farzandlar uchun qanday ona bo'lishni istaysiz va bu uchun hozirdan tayyorgarlik ko'rasizmi?

- Mashaqqatli kunlarda sabr qilish siz uchun qiyin emasmi?

- Siz uchun sifatli 24 soat qanday o'tishi mumkin?

Shu savollarga berilgan javoblar orqali qizning dunyo qarashi va qadriyatlarini bilib olsangiz bo'ladi...

Bu faqat misol tariqasida yozilgan va o'ylab topilgan savollar, har kimning o'z dunyo qarashi hamda savollari bor. Alloh barchaga solih-soliha yor nasib qilsin. Amin!
5.4K views12:49
Ochish/sharhlash
2023-06-06 15:49:57
Hozir bu mavzuda mazza qilib eshtib olinglar, uylansam chiqarmayman...

Xo'sh, bo'ydoqlar haqida post qo'ydim shu bilan endi foydali ma'lumot ham berib ketay. Ko'pchiligingiz uylanish maqsadida uchrashuvga chiqayotgan bo'lishinigiz aniq. Uchrashuvda beriladigan savollar qizni yaxshi tanib olishda katta rol o'ynaydi. Agar qanday savollar bersam bo'ladi deb o'ylayotgan bo'lsangiz, sizlarga savollar to'plamini bermoqchiman:
5.0K views12:49
Ochish/sharhlash
2023-06-02 09:50:56
Yoshligimdan birga katta bo'lgan, nima qilsak hamma narsani birga qilgan, eng yaqin do'stim Umidning bugun nikoh to'yi...

U bilan aynan hozir gaplashar ekanman, ko'z oldimdan o'tgan yoshligimiz, qiynalganlarimizdan tortib, erishgan muvafaqqiyatlarimizgacha hammasi lenta kabi o'tib ketti va hayot bir joyda turmayotganini, borgan sari ulg'ayib borayotganimizni his qildim. Bugun to'yi, ertaga nasib bo'lsa farandlarini to'yi bo'ladi. Vaqt juda tez o'tarkan. Shunda tushunib yetdim-ki, muhimi bular emas. Eng muhimi bir kun kelib, bu foniy dunyoni tark etib, Jannat ostonasida turganimizda shu qiyomatli do'stim bor edi deb bir birimizni eslashimiz va bir birimizsiz Jannatga kirmasligimiz eng muhimidir.

Umid Alloh uchun yaxshi ko'raman. Bu gaplarimni o'zinga aytishim juda qiyin, shuning uchun shu yerda yozib qoldirdim. Jigarim to'ylar muborak bo'lsin. Baxtli bo'l. Ikki dunyo saodatli bo'l. Hurmat bilan do'sting Oybek!
7.3K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2023-05-29 17:48:16
Uch yillik ijodim davomida meni qo'llab-quvvatlab kelgan, videolarimni katta qiziqish va mehr bilan kuzatib kelganingizni doim his qilaman. Meni ijodimni "ibratlivaqt" qilgan aslida sizsiz.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanman mening ijroyimdagi ovozga kuzatuvchilar o'zlarining hayotidan olingan voqealarga video yasab o'z sahifalariga joylab qo'yishadi.

Bundan ko'rinib turadi-ki, odamlarni ichida kimgadir judayam aytgisi keladigan dil izhori, dardi, samimiy gaplari bo'ladi lekin afsuski hamma ham buni tasirli qilib yetkazib bera olmaydi. Endi men sizga ajoyib taklif beraman. Siz o'zingizni ichingizdagi gaplaringizni men orqali yaqinlaringizga tasirli qilib yetqazishingiz mumkin.

- To'y va marosimlar uchun;
- Tadbir va reklamalar uchun;
- Videoroliklar uchun;

ovoz yozish xizmatini taklif qilaman !

Buyurtma qilish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling:

+998990922002
@oybek_xolmirzaev
7.8K viewsedited  14:48
Ochish/sharhlash
2023-05-28 18:41:19
Instagram bu virtual bir hayot, haqiqiy hayot esa umuman boshqa...

Mashhur va taniqli insonlar, blogerlar hayotini kuzatar ekansiz, ularning beixtiyor baxtli yashayotganini, muvaffaqiyatga erishayotganini ko'rasiz. Bunday payt sizda bir his paydo bo'ladi:

- Ularning hayoti zo'r, meniki esa unday emas.
- Men baxtsizman...
- Omadsizman..

kabi o'y hayollar sizning ich etingizni yeydi.

Aslidachi? Ularning hayoti faqat baxtga to'lganmi? Yo'q...

Aslida hamma hayotini chiroyli ko'rsatadi. Sahna ortida esa siznikidan battar kunlar bo'lgani, qiyinchiliklar, ezilishlar, yillab mehnatlar va omadsizliklar turgani haqida deyarli hech kim sizga gapirib bermaydi, shunday ekan ularning virtual hayotlarini o'zingizni real hayotingiz bilan solishtirmang, bu ahmoqlik!
6.8K viewsedited  15:41
Ochish/sharhlash