Get Mystery Box with random crypto!

Yoshligimdan birga katta bo'lgan, nima qilsak hamma narsani bi | ibratli.vaqt

Yoshligimdan birga katta bo'lgan, nima qilsak hamma narsani birga qilgan, eng yaqin do'stim Umidning bugun nikoh to'yi...

U bilan aynan hozir gaplashar ekanman, ko'z oldimdan o'tgan yoshligimiz, qiynalganlarimizdan tortib, erishgan muvafaqqiyatlarimizgacha hammasi lenta kabi o'tib ketti va hayot bir joyda turmayotganini, borgan sari ulg'ayib borayotganimizni his qildim. Bugun to'yi, ertaga nasib bo'lsa farandlarini to'yi bo'ladi. Vaqt juda tez o'tarkan. Shunda tushunib yetdim-ki, muhimi bular emas. Eng muhimi bir kun kelib, bu foniy dunyoni tark etib, Jannat ostonasida turganimizda shu qiyomatli do'stim bor edi deb bir birimizni eslashimiz va bir birimizsiz Jannatga kirmasligimiz eng muhimidir.

Umid Alloh uchun yaxshi ko'raman. Bu gaplarimni o'zinga aytishim juda qiyin, shuning uchun shu yerda yozib qoldirdim. Jigarim to'ylar muborak bo'lsin. Baxtli bo'l. Ikki dunyo saodatli bo'l. Hurmat bilan do'sting Oybek!