Get Mystery Box with random crypto!

ibratli.vaqt

Telegram kanalining logotibi ibratlivaqt — ibratli.vaqt I
Telegram kanalining logotibi ibratlivaqt — ibratli.vaqt
Kanal manzili: @ibratlivaqt
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.13K
Kanalning ta’rifi

Instagramda sahifaga a'zo bo'ling;👇✊
https://instagram.com/ibratli.vaqt?igshid=iqb2h82bvlb5
Men bilan aloqa;
📥 @oybek_xolmirzaev
📞 998990922002

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-03 19:22:36
Bu mening shaxsiy odatlar va qoidalar yozilgan ro'yxatim! Tanishib chiqsangiz bo'ladi!
603 viewsedited  16:22
Ochish/sharhlash
2023-07-03 18:56:20
"Ertangi kuningni rejalab ol, rejalashtirishga ketgan vaqting kuningni tejab beradi. Huftonni oʻqigach olgan bilimlaringni bir takrorla, tahoratli holda uxla, 5 vaqt namozini oʻrinlatib qoʻymagan odamning boshqa ishlarni qoyil qilishiga ishonmayman. Namozga ehtiyot boʻl!"

"Savdogarlar ustozi" kitobidan
1.1K viewsedited  15:56
Ochish/sharhlash
2023-07-03 16:23:18
Ma sha Alloh!

Audiokitob bo'yicha kelayotgan izohlar ajoyib. Mana sizlarga "jivoy otziv"
2.3K views13:23
Ochish/sharhlash
2023-07-02 17:03:56 ibratli.vaqt pinned a video
14:03
Ochish/sharhlash
2023-07-02 16:33:20
Biz musulmonlar bugungi kunda savdo ilmini hozirgi kundagi dunyoning eng boy liderlaridan ya’ni gʻayridinlardan oʻrganib kelmoqdamiz. Nima uchun aynan gʻayridinlardan? Bunga sabab nima?

Chunki koʻpchilik musulmonlardan chiqqan oʻzining vaqtida dunyoning 4 tarafiga savdo karvonlari yoyilgan mashxur savdogar haqida kitob borligini bilmaydi. Bu savdogar kim ekanligiga qiziqyapsizmi? U inson bizning diyordan ya’ni koʻhna xorazmdan yetishib chiqqan boʻlib, mazhabboshimiz Abu Hanifa rohmatullohi alayhning shogirdi Abdulloh ibn Muborak hazratlaridir.

Ahadquli Xolmuhammad o'g'li qalamiga mansub “Savdogarlar ustozi” kitobi sizga Abdulloh timsolida musulmon kishi savdo-sotiq masalasida aynan qanday yoʻl tutishi kerakligini oʻrgatadi. Ishoning bu risolani eshitar ekansiz, oʻz ota bobolaringizning halol savdo haqida shunday mukammal qoʻllanmasi turib qoʻshtirnoq ichidagi ayrim liderlardan savdo sirlarini oʻrganmoqchi boʻlganingiz uchun uyalib ketasiz!

Audiokitobni telegramdagi "@ibratlivaqt_bot" dan eshitishingiz mumkin!
3.6K views13:33
Ochish/sharhlash
2023-07-02 15:13:26
Ba'zan inson qalbi halovatsizlanib qoladi. Har xil sabablar bilan. Puli bor yoki yo'q insonda ham. Musulmon yoki musulmon bo'lmagan odamlarda ham. Xo'sh bunga asl sabab nima?

Aynan shu savolga bugun sizdan izohlarda javobingizni bilmoqchiman!

O'z fikringizni izohlarda qoldiring!

•• @ibratlivaqt
#repost
3.6K viewsedited  12:13
Ochish/sharhlash
2023-07-01 16:08:19
Va nihoyat sizlarga deyarli 1 yildan beri va’da qilgan loyihamizga start berdik.
Loyiha katta boʻlgani uchun menga yordam beradigan jamoa shakllantirishimga toʻgʻri keldi.
Jamoa a’zolariga shu oʻrinda tashakkur izhor qilmoqchiman va shuni bilingki, bu loyiha sizgacha yetib kelishi uchun qanchalik katta mehnat talab qilinganini soʻz bilan ta’riflab bera olmayman.

Ushbu loyiha shu yergacha yetib kelishi uchun judayam koʻp testlardan oʻtildi.
Ba’zida muvaffaqiyatsizlik, stress, jamoaviy tushunmovchiliklar boʻlsada maqsadimning kattaligi va Allohning izni ila bugun bu loyiha sizlarga taqdim etildi.

Oʻylaymanki, bu mehnatlar, qiyinchiliklar va uyqusiz oʻtgan tunlarni qadirlay olasiz degan umiddaman.

Loyihamizga hush kelibsiz! Quyidagi havola orqali botga kirishingiz mumkin!

@ibratlivaqt_bot
4.6K viewsedited  13:08
Ochish/sharhlash
2023-07-01 09:21:30 Loyiha bugun e'lon qilinadi!

Soat 18:00 da!

Kutyabsizmi?
4.2K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-06-30 15:20:21 Ochig'ini aytsam biroz hayajondaman...

Bir necha oylardan beri xatto yilga ham yaqinlashib qoldi-ki bu loyiha ustida mehnat qilib keldik. Xa to'g'ri o'qidingiz mehnat qilib keldik. Kadr ortida juda ko'p insonlar mehnati yotipti. Hammalariga rahmat aytaman! Alloh ulardan rozi bo'lsin!

Hayajonim sababi shunda-ki, insonlar qanday qabul qilarkin? Ularga bu loyiha qanchalik ma'qul keladi? Ular qo'llab quvvatlasharmikin? Miyyamda turli xil o'ylar, hayollar va xattoki qo'rquvlar bor. Lekin barchamiz Allohning qadariga iymon keltirganmiz. Ya Alloh, o'zing hayrli bo'lishini nasib et deya, bu gaplarni yozmoqdaman...

Muhimi bu loyiha insonlar uchun manfaatli, ularni yaxshi tomonga o'zgartirishiga va xattoki jarlik yoqasidan olib chiqib ketishiga ishonchim komil! In sha Allah...

Ko'p emas ya'na bor yo'g'i 24 soat qoldi va bu loyihani sizlarga e'lon qilaman! Duolaringizda eslashingizdan umidim bor. Alloh sizlardan rozi bo'lsin!

#ichimdagigaplar
4.8K views12:20
Ochish/sharhlash
2023-06-28 05:17:13
Tasavvur qiling, shunday holatda Jannatga to'p-to'p bo'lib kiryabmiz!

Alloh barchamizni yetkazsin. Hayit muborak!
6.6K views02:17
Ochish/sharhlash