Get Mystery Box with random crypto!

Biz musulmonlar bugungi kunda savdo ilmini hozirgi kundagi dun | ibratli.vaqt

Biz musulmonlar bugungi kunda savdo ilmini hozirgi kundagi dunyoning eng boy liderlaridan ya’ni gʻayridinlardan oʻrganib kelmoqdamiz. Nima uchun aynan gʻayridinlardan? Bunga sabab nima?

Chunki koʻpchilik musulmonlardan chiqqan oʻzining vaqtida dunyoning 4 tarafiga savdo karvonlari yoyilgan mashxur savdogar haqida kitob borligini bilmaydi. Bu savdogar kim ekanligiga qiziqyapsizmi? U inson bizning diyordan ya’ni koʻhna xorazmdan yetishib chiqqan boʻlib, mazhabboshimiz Abu Hanifa rohmatullohi alayhning shogirdi Abdulloh ibn Muborak hazratlaridir.

Ahadquli Xolmuhammad o'g'li qalamiga mansub “Savdogarlar ustozi” kitobi sizga Abdulloh timsolida musulmon kishi savdo-sotiq masalasida aynan qanday yoʻl tutishi kerakligini oʻrgatadi. Ishoning bu risolani eshitar ekansiz, oʻz ota bobolaringizning halol savdo haqida shunday mukammal qoʻllanmasi turib qoʻshtirnoq ichidagi ayrim liderlardan savdo sirlarini oʻrganmoqchi boʻlganingiz uchun uyalib ketasiz!

Audiokitobni telegramdagi "@ibratlivaqt_bot" dan eshitishingiz mumkin!