Get Mystery Box with random crypto!

Хаётий ва тўқима хикоялар 📖

Telegram kanalining logotibi ibratliuzbek — Хаётий ва тўқима хикоялар 📖 Х
Telegram kanalining logotibi ibratliuzbek — Хаётий ва тўқима хикоялар 📖
Kanal manzili: @ibratliuzbek
Toifalar: Adabiyot , Telegram
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.05K
Kanalning ta’rifi

Каналдаги узилишлар учун узр... Бизга содиқларга ташаккур

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 11:10:08
4.4K viewsДилнавоз Баходировна@, 08:10
Ochish/sharhlash
2022-06-11 18:40:32 Ҳаёт турфа синов ва биз кутмаган ҳолатларга бой... Ҳаётимиз фақат гўзалликдан шодликдан иборат бўлсаям маъноси бўлмасди...
Ҳаёт синовлари тўсиқлари билан гўзал...
6.8K viewsДилнавоз Баходировна@, edited  15:40
Ochish/sharhlash
2022-06-03 21:56:52 audio/mpeg, 131.8 kbps
6.9K viewsДилнавоз Баходировна@, 18:56
Ochish/sharhlash
2022-05-29 02:53:03
7.4K viewsДилнавоз Баходировна@, 23:53
Ochish/sharhlash
2022-05-29 02:51:48 Баъзан ўйлаб қоламан... Баҳт нима ўзи?Тинчликми, соғлиқми, ёки ишонч...
Аммо ҳануз жавобини топмадим..
6.6K viewsДилнавоз Баходировна@, 23:51
Ochish/sharhlash
2022-05-26 22:35:11
6.8K viewsДилнавоз Баходировна@, 19:35
Ochish/sharhlash
2022-05-26 14:43:09 #билдирги
Каналдаги мусофирлар ҳикоясини вақтида жойланмагани сабабли маъзур тутинг қадрдонлар, албатта давомини жойлайман... Шанбагача узр...
6.1K viewsДилнавоз Баходировна@, 11:43
Ochish/sharhlash
2022-05-26 14:40:41 U tishini tishiga bosdi, yuzi esa bujmayib, qiyshayib ketdi. U hali qadam qo‘yishgayam ulgurmovdi, onasining ovozini eshit-di: «Uydaligingni shundog‘am ko‘rib turibman!» U nima qilishni bilmasdi, shuning uchun ham o‘zidan jahli chiqardi. Onasi bu gal ham ovozida oshkora gina-kudurat bilan gapida davom etdi: «Biz qancha joydan oldingga keldik-a. Oyog‘imda oyoq qolmadi. Shu turishda o‘zimdan ketib qolishim hech gapmas. Qani, tezroq ocha qol! Eshik oldida bizni kutishga majbur qilma, bu yaxshi emas!»
— Ochmayman!—dedi u nihoyat jim turishga sabri chidamay.
— Nega endi ochmas ekansan?
— Ochmayman, dedimmi, ochmayman,— deya keskin ravishda qaytardi u.
— Endi nima qilishimiz kerak, qaytib ketamizmi? Shuncha yo‘ldan bekordan bekorga kelgan ekanmiz-da?
— Ketaveringlar! Bari bir men sizlarni kirgizmayman! Tushunyapsizmi, siz mening uyimga kirmaysiz!
— Axir, sen mening o‘g‘limsan-ku!
— Ochmayman, bekor kutyapsiz!
— Qaysarlik qilma, och! Onaga ham shunday muomala qilishadimi hech zamonda?
— Ochmayman, dedimmi, ochmayman! Ketinglar.
— Xo‘p, mayli, hech bo‘lmasa, kir-chirlaringni bergin, yuvib beraman.
— Kir-chirlarim yo‘q. Keting bu yerdan! Umuman, bu yerga hecham kelmang!
Jimlik cho‘kdi. Keyin uzoqlashayotgan onasining
og‘ir hamda bolakayning yengil qadam tovushlari eshitildi. Bittasi qarilarga xos, charchagan, ikkinchisi yengil, soddi. Shundagina u eshikni ochdi. Pastki qavatdagi pillapoya maydonchasida qadamlar bir narsani kutgandek to‘xtadi. Buvi bilan nevara nima haqdadir shivirlashib maslahatlashib oldilar. Yana qadam tovushlari eshitildi. O‘g‘il ular tinguncha kutib turdi. Choy ichib o‘tirmay, tez-tez kiyindi-da, uydan chiqdi. O‘g‘il ularga avtobus bekatida yetib oldi.
— Nega keluvdingiz? — bir oz yumshoqlik bilan, lekin haliyam zarda bilan so‘radi. — Men sizni chaqirganmidim? Nega endi bekordan-bekorga koyinaverasiz?
— Ha, yo‘q, xavotirlanganim yo‘q, qayerdan olding bunday gapni,—deb javob berdi onasi. Ko‘z yoshlari esa beixtiyor yonog‘idan oqib tushardi.
— Bo‘lmag‘ur narsalarga xafa bo‘lishning hojati yo‘q, oyi,— deya uni yupatmoqchi bo‘ldi o‘g‘li.
Avtobus keldi.
— Pulingiz bormi?— deb so‘radi u onasidan va javobini kutmayoq o‘n so‘mlik qog‘ozni uzatdi.
Avtobus eshiklari bekilgach, bechora ona ranj-alam hamda charchog‘ini o‘g‘liga bo‘lgan muhabbat bilan bosish maqsadida unga
— Ovqatlanishga kelib tur, o‘g‘lim!—deb baqirdi.

Tamom

@xikoyalar02
5.7K viewsДилнавоз Баходировна@, 11:40
Ochish/sharhlash
2022-05-26 14:40:41 Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, sirayam eshikni ochmaslikka ahd qildi. U hech kimni ko‘rishniyam, gaplashishniyam xohlamasdi. Eshikka tikilgancha, eski pol taxtalari g‘irchillab ketmasligi uchun bor kuchi bilan joyidan qimirlamaslik-ka harakat qilib, eshikka tashlanishga bo‘lgan o‘zidagi ulkan istakni bosib, yarim soat oldin ilk bor taqillatganlaridayoq ochish kerakligini, o‘zining nohaqligi-ni borgan sari kuchliroq his qilgancha kutib turardi. Birdan taqillash to‘xtab, jimib qoldi, aftidan, taqillatayotgan odamning qo‘li tolib ketdi, shekilli. Sukunat cho‘kdi. U hamon kutib turardi. Eshik ortidan o‘ziga yaxshi tanish, lekin begona bo‘lib qolgan, muhabbat, dashnom, xijolat sezilib turgan ovoz naq qalbining qa’riga singib borar va yuragini yanada qattiqroq urishga majbur qilardi. Sokin, umidsiz, kechirishga tayyor va shu bilan birga qat’iy, hech narsani: na o‘tib ketgan g‘azabni, na ozorni, na muhabbatu va na azob-uqubatni unutishga qo‘ymovchi eshik ortidan eshitilayotgan va ichkariga kirib kelgan, oyoq-qo‘lini shol qiluvchi ovoz yana eshitila boshladi. U birdan o‘zining ismini aytib chaqirishayotganini anglab qoldi. Tushunmay ham bo‘larkanmi? O‘z xohishiga qarshi qalbida eshikni ochishga ulkan istak tug‘ildi-yu, lekin u buni yengdi. Eshik oldida qaqqayib turish tentaklik edi, shuning uchun u oyoq uchida orqasiga tisarila boshladi. Shu vaqt u shivirlash ovozini eshitdi, keyin kimdir eshik tagidagi tirqishdan qaramoqchi bo‘layotganini ko‘rdi. Shundoqqina eshik oldida uning yozgi oq tuflisy turardi. Tirqishda harakat sezilayotganga o‘xshab tuyuldi. Keyin: «Xo‘sh, nima ko‘ryapsan?»— deb so‘ragan keksalarga xos ovoz eshitildi. Bunga javoban, nimanidir ko‘rganligidan bo‘lsa kerak, o‘zida yo‘q xursand bolakayning ovozi eshitildi: «Tufli ko‘ryapman, buvijon. Shundoqqina eshikning oldida».
U hayajonlanib ketdi. Tirqishdan uning oyoqlarini ko‘rib qolishlaridan qo‘rqib, ohista bir qadam orqaga tashladi. Eski taxtalar g‘irchillab ketdi.

Davomi pastda
4.9K viewsДилнавоз Баходировна@, 11:40
Ochish/sharhlash
2022-05-26 14:40:40 Choygumning tagidagi olovni pasaytirdi. Birmuncha vaqt plitaga to‘kilgan suv tomchilarining vishillayotganini kuzatib turdi. Tokchadan choy qutini olib, qaynayotgan suvga bir siqim quruq choy tashladi. Keyin idish-tovoqlarni yuvishga kirishdi. Oshxona tor-tanqis va qorong‘i bo‘lib, qo‘lansa hiddan turib bo‘lmadi. Xotini bo‘lsa mana shu katalakday, iflos, dim oshxonachada ertalabdan-kechgacha kuymanib unga ovqat, choy tayyorlar, yana ish qilayotib qo‘shiq ham xirgoyi qilardi. Ba’zida oshxonaning eshigini ochib, unga murojaat qilgancha so‘rardi: «Eshitmadingmi yoki menga shunday tuyuldimi, kimdir eshikni taqillatayotganga o‘xshaydimi?» U bo‘lsa, hatto kitoblaridan boshini ham ko‘tarmay, to‘ng‘illardi: «Yo‘q, senga shunday tuyulgandir».
* * *
Birdan uning jahli chiqib ketdi. Choyning dam yeyishini kutib qo‘lida piyola ushlab turarkan, jahli borgan sari pasayib, o‘rnini qayg‘u-hasrat egallayotganini his qildi. Faqat o‘zini ayblashi kerak. U qalbida allaqanday kuydiruvchi, lekin yengillik tug‘diradigan hissiyot ko‘tarilayotganini his qilardi. Vijdonini qiynaydigan, negaligini o‘zi ham bilmay bema’ni qiliq yomonlik qilishni xohlamas, lekin buni o‘z xohishiga qarshi o‘laroq qilishga majbur edi. U dilida ham aybdorlik, ham aybsizlik tuyg‘usini his qilardi. Ko‘zida yosh aylandi. Shundoqqina ro‘parasida oyna osiqlik edi. Uning chang bosgan sirtida yoshli ko‘zlarining aksini ko‘rib qolib, o‘zini qo‘lga oldi. Agar shu oyna bo‘lmaganda, o‘zining shunchalik og‘ir-bosiqligiga qaramay, hissiyotlariga erk bergan bo‘lardi. U choynakni ko‘tarib oshxonadan chiqdi. Keyin piyola va qanddonni olish uchun yana qaytdi. Oshorna ostonasidan hatlashga ulgurmovdiyamki, yana eshik taqillagani eshitildi. U turgan joyida qotib qoldi. Qisqa-qisqa qilib taqillatishardi. U eshikdan uch qadam narida turgancha jimgina kutib turardi. Birdan xavotirlanib ketdi. Yuragi qattiq urib, turgan joyida u yoqdan-bu yoqqa beixtiyor tebranayotganini sezib qoldi. Balki unga shunday tuyulgandir.

Davomi pastda
4.5K viewsДилнавоз Баходировна@, 11:40
Ochish/sharhlash