Get Mystery Box with random crypto!

​​#kitobxon_fikri Murat Tosunning “Olim yetishtirgan onalar” | iBooK.uz

​​#kitobxon_fikri

Murat Tosunning “Olim yetishtirgan onalar” kitobi

Nomini qaytadan o’qing! Olim yetishtirgan onalar.. Nomini o’zi ham juda go’zal! shunday emasmi?! Robbim olim yetishtirgan onalar qatorida qilsin! Sizni, mani va barcha ayollarni

Bir achchiq haqiqatni sizlarga aytadigan bo’lsam: Biz ayollar farzand dunyoga keltirishimiz, Onalik maqomini oldik degani emas.. Farzand dunyoga keltirib, men ham Ona bo’ldim desak adashamiz! Shuncha mashaqqatlar ila dunyoga keltirdim axir, nega bu nomga loyiq emas ekanman?! desak ham adashamiz!

Haqiqiy mashaqqat bundan keyingilaridir, ya’ni farzandimizni tarbiyalashda: Allohga suyukli va sodiq banda, Rosululloh ummati nomiga loyiq inson,(sollallohu alayhi vasallam) Haq dinda yani İslom dinida faqih, hafizi quron bo’lishida Alloh qodir qilgancha harakat qilishimiz, mana shudir haqiqiy mashaqqat va haqiqiy Onalik. Bunday natijani farzandlarimizda ko’rmaguncha harakatdan to’xtamaslikdir asl Onalik.

Bu ulug’ so’zga loyiq bo’lishimiz farzandimizni 9 oy vujudimizda ko’tarib, so’ng dunyoga keltirishimiz bilan o’lchanmaydi.. Buni aslo unutmaylik! Biz faqat Ona degan nomni olishimiz emas! Aynan shu nomga munosib bo’lishimiz ham kerak! Bu nomga munosib bo’la olamizmi? oldikmi? yo’qmi buni katta ehtimol bilan farzandimizga bergan tarbiyamiz orqali anglab yetamiz..

Kitobga kelsak, aynan biz ayollar o’rnak, namuna va ibrat olishimiz kerak bo’lgan Onalar (Payg’ambarlar, sahobalar, ulug’ insonlar) onalari haqida yozilgan.. Ma’lumotlar qisqa- qisqa berilgani bilan, eng keraklilari biz uchun saralab, tanlab olingan..
Kitobni albatta o’qing, ibrat oling, va harakat qiling. O’zingiz olima bo’lmagunizcha farzandingiz qayerdan ham olim bo’lsin?! Tarbiyani avval o’zingizdan boshlang. Kitob sizga aynan shu narsalarni o’rgatadi..

Bu gaplar, bu nasihat yoki maslahatlar avval o’zimga keyin sizga qadrlilarim. Alloh barchamizni Olim farzandlar tarbiyalashda va olim yetishtirgan Ona bo’lishimizda ko’maklashsin

fehriyyasbook

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook