Get Mystery Box with random crypto!

iBooK.uz

Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz I
Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz
Kanal manzili: @ibook_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.81K
Kanalning ta’rifi

🔹iBooK — Biz ilm bilan fath qilamiz!
📍Manzil: Chilonzor tumani, Shuhrat chorrahasi
https://maps.app.goo.gl/vLF45gVeUJvr3yoF9
⏳ Ish vaqti: 09:00–23:00
👨🏻‍💻 Xarid uchun: @iBook_Uzbekistan
☎️ Murojaat uchun: 99897 1891199
🤝 Hamkorlik: @ibook_ham

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 80

2022-04-27 14:10:42
#yangi_kitob

Jarohat izi

Turk adabiyotini uning zabardast vakillari — Aziz Nesin, Rashod Nuri Guntekin, Umar Sayfiddinlarsiz tasavvur qilish qiyin. Yozilganiga bir asrdan ortiq payt boʻlsa-da, ularning hikoyalari hali ham sevib oʻqiladi.

"Jarohat izi" nomli bu kitobda ham aynan mana shu yozuvchilarning hikoyalari jamlangan boʻlib, barchangizga manzur kelishi aniq. Sodda, oʻqilishi yengil va ravon hikoyalar kitobxonni bezdirmaydi, hayotga boʻlgan mehrini oshirib, Inson degan sharafli nomga munosib boʻlishga undaydi.

Muqova: yumshoq
Narxi: 18.000
Sahifalar soni: 155

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
9.4K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-04-27 09:38:27
«Biz odamlarni avval eshitishni va hurmat qilishni oʻrganmay turib, ular haqida hukm chiqarmasligimiz kerak».

"Kamon yoʻli"
Paulo Koelo

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
10.7K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:36:36
#Iqtibos

Musulmon kuchli bo'lishga majbur. Bu uning burchi. Ham o'z e'tiqodi va madaniyatini asrash uchun, ham zulmning insoniyatga qo'l tekkiza olmasligi uchun.

@Tirilishuz - Biz ilm bilan fath qilamiz.
8.3K views10:36
Ochish/sharhlash
2022-04-26 09:31:09
#yangi_kitob

Soʻz kimyosi

Adabiyot — buyuk qudrat. Abdulla Qahhor taʼbiri bilan aytganda, uni oʻtin yorishga sarflamaslik lozim. Soʻzning qudrati, ayniqsa, durdona asarlarda namoyon boʻladi.

Yan Pardovskiyning "Soʻz kimyosi" asarida adabiyotning sirli va rang-barang dunyosiga sayohatga chiqiladi, ochilmagan qirralar kashf etiladi. Bu kitobni adabiyotga mehri boʻlgan har kim oʻqishi lozim, chunki ushbu ilmiy asar har qanday asarni chuqurroq anglashga oʻrgatadi, har tomonlama mushohada qilish koʻnikmasini shakllanadi. Kitobni oʻqib avval koʻzdan qochirgan, eʼtibor qaratmagan jihatlarni anglaysiz va bu orqali oʻzingiz uchun yangi dunyo kashf etasiz

Muallif: Yan Parandovskiy
Muqova: qattiq
Narxi: 58.000
Sahifalar soni: 462

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
10.8K views06:31
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:35:57
«Sanoat taraqqiyoti bilan yaxshilangan deb hisoblangan hayot oldida inson, tobora ko'proq texnologik taraqqiyotidan kelib chiqadigan kasalliklar va tashvishlarning uyiga aylandi. Odamlar borgan sari o'zlarini hech bir yerga tegishli emas va bunga e'tibor berilmayapti. Texnologiyaning bu sehrli dunyosida, har bir insonning munosabati va tutumi yo'q bo'lib ketmoqda».

Hanna

Eslatib oʻtamiz, bugun iBook.uz kitoblariga berilgan chegirmaning soʻnggi kuni. Sizning soat 00:00 gacha vaqingiz bor. Shoshiling!

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
8.3K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-04-25 09:12:32
#yangi_kitob

Bizni yolgʻiz deb oʻyladilar

«Ortiq bu mavsuming boshqa bir bahoriga ehtiyojim bor...

Barcha yaralarimizga malham oʻrniga tuz bosildi. Osmonlarga ko'tarilgan sevgimiz urug'idan ayriliq unib chiqdi. Juda qattiq sevib, go'yo ulardan voz kechib bo'lmaydigandek his qildik. Avval voz kechildik keyin voz kechdik. Balki bizni yolg'iz deb o'ylaganlari ham shundandir, biroq hech kimga ozor bermadik. Ichimizdagi yolg'izlikka qaramay umidimizni yo'qotmadik. Naqadar ranjisak ham chiroyli sevishdan aslo voz kechmadik».

Muallif: Songul Unsal
Muqova: yumshoq
Narxi: 28.000
Sahifalar soni: 155

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
11.0K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2022-04-24 20:49:52 1-bosqich g'oliblarini tabriklaymiz!

Respublika miqyosida tashkil etilgan “iBook.uz stipendiyasi” tanlovining 1-bosqichidan muvafaqqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz.

— Stipendiya tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan o'n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko'rsatgan 2389 nafar (23 va undan ko'p to'g'ri ishlagan) nomzodlar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi:

Natijalarni ko'rish

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'zlarining natijalarini ko'rishlari hamda tanlovning maxsus QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarning QR-kodlarida maxsus chegirmalar mavjud )

Sertifikatlarni yuklab olish

Ikkinchi bosqich 15-may sanasida bo'lib o'tadi, bu haqida OLIYGOH.UZ platformasida tez orada batafsil ma'lumot beriladi.

Ma'lumot uchun:

1. Stipendiya tanloviga 52 mingdan ziyod talabalar ro'yxatdan o'tdi;
2. Tanlovning 1-bosqichida 15 minga yaqin talaba ishtirok etdi;
3. Eng yaxshi natija ko'rsatgan 2389 nafar nomzod 2-bosqichga yo'llanma oldi.

Keyingi bosqich ishtirokchilariga omad tilaymiz! Eslatib o'tamiz: Tanlovning mutlaq g'oliblarini pul yutuqlari, maxsus guvohnoma va esdalik sovg‘alar kutmoqda (Batafsil)

Hurmat bilan,
iBook.uz ma'muriyati
10.9K views17:49
Ochish/sharhlash
2022-04-24 17:10:11
1-BOSQICH BOSHLANDI

Respublika miqyosida talabalar uchun tashkil etilgan “iBook.uz stipendiyasi” tanlovining 1-bosqichi boshlandi!

Ushbu bosqichda nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

IMTIHON TOPSHIRISH MANZILI

Imtihon turi: IQ (mantiqiy fikrlash)ga oid 40 ta test savollari.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovining 1-bosqichi soat 18:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 40 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

1-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 2000 (ikki ming) nafar ishtirokchi 2-bosqichga o‘tkaziladi.

Tanlov tashkilotchilari barchaga omad tilaydi
15.6K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-04-24 14:34:40 Hurmatli obunachilar! Bizga @stipendiya_iBook_bot ishlamayotgani haqida koʻplab shikoyatlar kelib tushdi. Biz Oliygoh.uz bilan bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritdik va sizga quyidagilarni maʼlum qilamiz:

— Roʻyxatdan oʻtish kecha yakunlangan. Shu paytgacha roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, endi buning iloji yoʻq;

— shu kungacha roʻyxatdan oʻtganlarda bot ishlamayotgan boʻlsa, botga /delete buyrugʻini berib, toʻxtating va /start bilan qayta ishga tushiring. Qayta ishga tushirganda hudud qismi chiqmasligi mumkin va buning ahamiyati yoʻq, chunki avval roʻyxatdan oʻtganingizda maʼlumotni bazaga kiritganmiz;

— loyihaning birinchi bosqichi bugun 18.00 da boshlanadi. Maʼlumotlar botda batafsil koʻrsatilgan.

Bunday nosozliklarga loyiha mualliflari emas, balki telegram serverlaridagi uzilishlar sabab boʻlmoqda. Bu uzoqqa choʻzilmaydi va botni qayta ishga tushirish orqali foydalanishingiz mumkin.
16.3K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2022-04-24 10:42:59 ​​iBook.uz viloyatlardagi maʼrifatli biznesmenlarni hamkorlikka chorlaydi

Chilonzordagi yangi doʻkon va nashriyot ochilishi bilan iBook.uz oʻzbek kitob bozorida yangi darajaga chiqdi, brend sifatida tanildi. Andijon, Fargʻona, Buxoro, Navoiy viloyatlarida filiallar faoliyat boshladi yoki ochilish arafasida turibdi.

Biz Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoʻqon shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, qoʻshni Respublikalarda ham filial ochish yuzasidan biznesmenlar bilan hamkorlikka tayyormiz.

iBook.uz filialini ochish Sizga nima beradi?

Tayyor brend. Biznesda asosiy va qiyin jihat bu brend yaratish va tanilish. iBook.uz esa buni sizga "patnisda taqdim etadi".

Uzluksiz taʼminot. Barcha turdagi kitoblar oʻz vaqtida yetkazib beriladi.

Sotuv va menejmentda koʻmak. Biz sizning doʻkoningizga ham oʻzimizdagi kabi qaygʻuramiz va sotuv boʻyicha birdek harakat qilamiz.

Bunda biz va kitobxon oladigan manfaat esa viloyatlarda sifatli kitoblarning keng bozori tashkil etilishi va buning ortidan yetkazib berishdagi muammolarning barham topishidir.

Biz maʼrifat tarafdorlari sifatida har kimni kitobxonlikning keng yoyilishida hissa qoʻshishga chaqiramiz. Biznes egasi sifatida esa hamkasblarimizga oʻz mablagʻlarini kelajagi bor, manfaatli va barakali ishga yoʻnaltirishlarini tavsiya etamiz.

Murojaat va batafsil maʼlumot uchun: @iBook_hamkorlik

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
17.4K views07:42
Ochish/sharhlash