Get Mystery Box with random crypto!

​ 1-bosqich g'oliblarini tabriklaymiz! Respublika miqyosid | iBooK.uz

1-bosqich g'oliblarini tabriklaymiz!

Respublika miqyosida tashkil etilgan “iBook.uz stipendiyasi” tanlovining 1-bosqichidan muvafaqqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz.

— Stipendiya tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan o'n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko'rsatgan 2389 nafar (23 va undan ko'p to'g'ri ishlagan) nomzodlar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi:

Natijalarni ko'rish

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'zlarining natijalarini ko'rishlari hamda tanlovning maxsus QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarning QR-kodlarida maxsus chegirmalar mavjud )

Sertifikatlarni yuklab olish

Ikkinchi bosqich 15-may sanasida bo'lib o'tadi, bu haqida OLIYGOH.UZ platformasida tez orada batafsil ma'lumot beriladi.

Ma'lumot uchun:

1. Stipendiya tanloviga 52 mingdan ziyod talabalar ro'yxatdan o'tdi;
2. Tanlovning 1-bosqichida 15 minga yaqin talaba ishtirok etdi;
3. Eng yaxshi natija ko'rsatgan 2389 nafar nomzod 2-bosqichga yo'llanma oldi.

Keyingi bosqich ishtirokchilariga omad tilaymiz! Eslatib o'tamiz: Tanlovning mutlaq g'oliblarini pul yutuqlari, maxsus guvohnoma va esdalik sovg‘alar kutmoqda (Batafsil)

Hurmat bilan,
iBook.uz ma'muriyati