Get Mystery Box with random crypto!

Huquqshunos yordami

Telegram kanalining logotibi huquqshunos_yordami — Huquqshunos yordami
Kanal manzili: @huquqshunos_yordami
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66.08K
Kanalning ta’rifi

Реклама бериш учун 👇👇
@reklama_huquqshunos_yordami
Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇
@Online_maslaxatchii
@telefon_orqali_maslaxat

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-02 06:20:16


Kredit tarixi nima

Kredit tarixi – bu kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga (jismoniy va yuridik shaxs) nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmuidir.
Kredit tarixi qarz oluvchining olgan barcha kreditlari va ularning qaytarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va birinchi kredit olingan paytdan boshlab shakllana boshlaydi.
Kredit tarixi ma’lumotlari asosida qarz oluvchilarning moliyaviy ahvoli, ularning qarz majburiyatlarini to‘lash qobiliyati baholanadi, shuningdek, qarz oluvchilarning bahosi (skoringi) shakllantiriladi.

Kredit tarixi nima sababdan yomonlashishi mumkin

Barcha tijorat banklari kredit riskini baholashda o‘z mezonlariga ega. Asosiy mezonlardan biri bu, kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lashda surunkali kechikishlarning mavjudligidir.
Xususan, muddati 30, 60 va 90 kun hamda undan ortiq muddatga kechiktirilgan qarzlarning soni va miqdori mijozning to‘lov intizomi yaxshi emasligini va ishonchsiz to‘lovchi ekanligini anglatishi mumkin.

Kredit tarixi hisobotini qaysi manbadan bilib olsa boʼladi
Kredit byurosi veb-saytining shaxsiy kabinet bo’limidan.
Call-markaz: (+998) 712034747

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali my.gov.uz ning
“Kredit tarixi” to‘g‘risida ma’lumotnoma berish sahifasidan.

@Bank_yangiliklari1
15.9K views03:20
Ochish/sharhlash
2024-03-01 14:14:02
Ота-она фарзандини мактабга юборишни истамаса, қандай чора кўриш мумкин?

Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 47-модда. Болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик.

Ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан вояга етмаган болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик, шу жумладан вояга етмаган болаларнинг маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этишига олиб келиши — базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан 5 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, — базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Болаларнинг мажбурий умумий ўрта таълим, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими олишига ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан тўсқинлик қилиш  — базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 бараваридан 15 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Ушбу модданинг 3-қисмида назарда тутилган ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилган бўлса, — базавий ҳисоблаш миқдорининг 15 бараваридан 25 бараваригача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача муддатга маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун

@Online_maslaxatchii
13.3K views11:14
Ochish/sharhlash
2024-02-29 14:14:02
Ўқитувчидан иш режани қоғоз кўринишида талаб қилиш ноқонуний ҳисобланади

Савол: менинг саволим қуйидагича: Бизнинг директоримиз тақвим-мавзу иш режани қоғоз вариантини талаб қиляпти. Ваҳоланки, тақвим-мавзу иш режани eMaktab.uz платформасига юклаб қўйганман. Шу ҳолатда директорнинг талаби ўринлими? Жавоб учун олдиндан раҳмат эътиборсиз қолдирманг илтимос.

Жавоб: "Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисида"ги йўриқноманинг 15-бандига кўра умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиларининг дарс ва тўгарак машғулотларини ташкил этиш ҳамда синф журналини юритишдан ташқари бошқа педагогик юкламалар бўйича ҳисоботлар ва қўшимча маълумотларни талаб қилиш қатъиян тақиқланади.

15-банднинг 2-хатбошига кўра умумий ўрта таълим муассасалари педагог ходимлари томонидан фақатгина синф журнали (босма ёки электрон) юритилади.

Ўқитувчи томонидан йиллик тақвим-мавзу режа eMaktab.uz платформасига юкланган бўлса, унда ушбу режани қоғоз кўринишдаги шаклини юритишга эҳтиёж йўқ деб ҳисоблаймиз.

Демак, ўқитувчидан қоғоз кўринишдаги йиллик тақвим-мавзу режа талаб қилиш ноқонуний хатти-ҳаракат ҳисобланади.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун

@Online_maslaxatchii
15.2K views11:14
Ochish/sharhlash
2024-02-29 06:14:02 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka toifasi ular dars beradigan barcha fanlarga nisbatan tatbiq etiladi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomda o‘quv fanlarining nomi ko‘rsatilmaganligi sababli, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka toifa sinovlari boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan asosiy o‘quv fanlari (ona tili va adabiyot, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya va h.k)dan umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi.

Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi ular boshlang‘ich sinflarda dars beradigan barcha o‘quv fanlariga nisbatan, shu jumladan informatika va tarbiya tarbiya fanlariga ham tatbiq etiladi.

Asos: Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining (avvalgi nomlari) 27.11.2020 dagi 01-698, 02-02/3-1377-son qo‘shma xati

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун

@Online_maslaxatchii
15.7K views03:14
Ochish/sharhlash
2024-02-28 14:14:18
#Биласизми

Мактабларда қайси фанлар икки гуруҳга бўлиб ўқитилади?

Қонунчиликка кўра, малакали ўқитувчилар етарли бўлган қуйидаги ҳолларда синфдаги ўқувчиларни икки гуруҳга бўлиб ўқитишга рухсат этилади:

ўқувчилар сони 25 нафар ва ундан зиёд бўлган умумий ўрта таълим муассасаларининг I — XI синфларида "Чет тили" фани;

айрим фанларга ихтисослаштирилган умумий ўрта таълим муассасаларида ихтисослашган фанлар;

V — XI синфларда "Информатика ва ахборот технологиялари";

VIII — XI синфларда "Жисмоний тарбия";

V — IX синфларда "Технология";

X-XI синфларда "Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик" фанлари;

таълим тили ўзбек тили бўлмаган умумий ўрта таълим муассасаларининг II — XI синфларида "Ўзбек тили" фани;

таълим тили рус тили бўлмаган умумтаълим муассасаларининг II — XI синфларида "Рус тили" фани.

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун

@Online_maslaxatchii
12.7K views11:14
Ochish/sharhlash
2024-02-28 06:14:02
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
12.8K views03:14
Ochish/sharhlash
2024-02-27 16:01:02 Қайси иловалар орқали комиссиясиз пул ўтказса бўлади

“Тенге банк”нинг Tenge24 иловаси орқали — 10 млн сўмгача;

Humans иловаси — 5 млн сўмгача;

“Халқ банки”нинг Xazna иловаси — 5 млн сўмгача;

“Даврбанк”нинг Davr Mobile иловаси — 3,5 млн сўмгача;

“Микрокредитбанк”нинг Mavrid иловаси — 3 млн сўмгача;

Paynet иловаси — 3 млн сўмгача;

Alif иловаси — 1 млн сўмгача.

Деярли барча банкларда Humo'дан Humo'га пул ўтказмалари бепул ҳисобланади. Банк ўз карталари орасидаги ўтказмалар ҳам аксарият банкларнинг иловасида фоизсиз ёки кам фоиз билан амалга оширилади.

@Bank_yangiliklari1
14.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2024-02-27 14:14:02
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
13.7K views11:14
Ochish/sharhlash
2024-02-27 09:14:02 O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

Savol: Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

Javob: Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
12.7K views06:14
Ochish/sharhlash
2024-02-26 14:14:02
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?

Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii
12.9K views11:14
Ochish/sharhlash