Get Mystery Box with random crypto!

Davlat mehnat inspeksiyasi yordami bilan yana bir fuqaroning i | Huquqshunos minbari

Davlat mehnat inspeksiyasi yordami bilan yana bir fuqaroning ishi ijobiy hal qilindi.

Jovliboy Ko'charov 2020-yil 2-oktabrida "Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filialidan noqonuniy ravishda boʻshatilgan hamda tuman (shahar) va viloyat sud instansiyalari tomonidan ishga tiklash rad qilingan.

Fuqaro Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov qabuliga kirib, mehnat huquqlarini tiklab berishni va sud jarayonida uning manfaatida ishtirok etish uchun masʼul xodim ajratib berishni soʻragan.

Uning murojaati qanoatlantirilib, Davlat mehnat inspeksiyasidan sudga xulosa taqdim qilish va ishtirok etishi uchun mas'ul hodum ish olib bordi.

Natijada, joriy yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida arizachi o‘z ishiga tiklandi hamda majburiy progul davrlari uchun uning manfaatiga 45 million soʻm toʻlovlar undiriladigan boʻldi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi