Get Mystery Box with random crypto!

​​#Adolat_sari_yana_bir_qadam Oliy sudda ishga tiklangan xodi | Huquqshunos minbari

​​#Adolat_sari_yana_bir_qadam

Oliy sudda ishga tiklangan xodim

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida 2021-yil 31-martdan shu kunga qadar mehnat huquqi buzilib kelayotgan "Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminot filiali xodimi Jovliboy Ko‘charov kassatsiya instansiyasida o‘z ishiga tiklandi.
Bu inson 2020-yil 2-oktabrgacha ishlagan joyidan boshqa ishga o‘tkazilgan. Vaqtinchalik tusdagi bu ishda ishlashi muddatli shartnoma bilan rasmiylashtirilgan va doimiy ishi saqlanishi vaʼdasi berilgan. Biroq 2021-yil 31-mart kuni vaqtinchalik ishini tugatib doimiy ishiga qaytib kelsa, bu lavozim qisqarib ketganini aytishgan. Bo‘shatish 99-moddasi, o‘z tashabbusi bilan deya rasmiylashtirilgan. Lekin xodimning arizasi yo‘q.
Biroq Termiz tumanlararo va Surxondaryo viloyat sudlari daʼvo muddati o‘tgan deb qaror chiqargan. Vaholanki, daʼvo muddati MK 270-moddasida mehnat shartnomasini bekor qilish buyrug‘i bilan tanishgan kundan o‘ta boshlaydi. Xodim buyruq bilan shu yil avgustda (undayam prokuror yordami bilan) tanishgan.
Buyruq bilan tanishgani, unga bir nusxa bergani tilxat asosida rasmiylashtirilishi kerak. Ish beruvchi buni sudga taqdim qilolmadi, yaʼni xodim buyruq bilan tanishtirilmagan.
Ushbu masalani kassatsiya hayʼati ko‘rib uzoq ikkilanib o‘tirmadi. Tezda vaziyatga oydinlik kiritib adolat o‘rnatdi. Majburiy progul summasi 45 mln. so‘m undiriladigan bo‘ldi.

Shu o‘rinda ish beruvchilar, yodda tuting. Mehnat sohasida har bir protseduraga rioya qilinmasa, ertaga bu ish o‘zingizga qarshi ishlaydi.


https://t.me/huquqshunos_minbari