Get Mystery Box with random crypto!

Huquqiy Jamiyat

Telegram kanalining logotibi huquqiyjamiyat — Huquqiy Jamiyat H
Telegram kanalining logotibi huquqiyjamiyat — Huquqiy Jamiyat
Kanal manzili: @huquqiyjamiyat
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 63
Kanalning ta’rifi

🧑‍⚖️Bizning maqsadimiz - Jamiyatda bo'layotgan huquqiy muammolarga yechim berish, ⚖️jamiyatning huquqiy ongini o'stirishdir.🛡
Murojaat uchun:
👉 @HJ_murojaat_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-15 10:21:26 #Mastlik_holati

Mast holatda transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi.

Xalq tilida 01 deya nom qozongan mast holatda transport vositalarini boshqarish natijasida kelib chiqadigan jarima miqdori qancha ekanligini bilasizmi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorining 12 qismiga ko'ra transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.

Buning natijasida kelib chiqqan ma'muriy jazo esa quyidagilardan iborat:

1. transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha mahrum qilinadi;
2. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimiz manzili:
@huquqiyjamiyat
193 viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:04:27 #Jarima

Jarimalar miqdori quyidagicha:

Kamar taqmaslik - 150.000 (105.500) soʻm
Texnik ko‘rik, aptechka - 150.000 (105.500) soʻm
Hujjatsiz yurish - 300.000 (210.000) soʻm
Sug‘urtasiz haydash - 300.000 (210.000) soʻm
Qizilda o‘tish - 600.000 (420.000) soʻm
Noto‘g‘ri parkovka - 600.000 (420.000) soʻm
Telefonda gaplashish - 900.000 (630.000) soʻm
Raqamsiz haydash - 1.500.000 (1.050.000) soʻm
Tezlikni oshirish (20 km/s) - 300.000 (210.000) soʻm
Tezlikni oshirish (20-40 km/s) - 1.500.000 (1.050.000) soʻm
Tezlikni oshirish (+40 km/s) - 2.700.000 (1.890.000) soʻm
Qarama-qarshi harakatlanish - 3.000.000 (2.100.000) soʻm
Mast holda haydash - 7.500.000 (5.250.000) soʻm yoki 3 yilgacha pravadan mahrum qilish
Ruxsatsiz tonirovka - 7.500.000 (5.250.000) soʻm

Qavs ichida berilganlar 15 kun ichida to‘langanda 30% (foizlik)lik chegirma miqdori!

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimiz manzili:
@huquqiyjamiyat
596 viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2022-07-23 17:07:19 #Aliment

Aliment va uning miqdori

Assalomu alaykum. Olib borilgan kuzatishlarimiz natijalariga ko`ra aholi orasidagi eng katta huquqiy muammo bu - Aliment masalasi ekan. Shu tufayli ham quyida aliment haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz.

Aliment - Ota yoki onaning voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz farzandlariga;
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlarning ota yoki onaga beradigan moddiy ta'minotidir.

Aliment miqdori - O'zR Oila kodeksining 99-moddasida Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to'laydigan aliment miqdori:

- 1 bola uchun - ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi; 1/4

- 2 bola uchun
- uchdan bir qismi; 1/3

- 3 va undan ortiq bola uchun - yarmisi. 1/2

Agar ota-ona hech qayerda ishlamasa va daromad manbai bo'lmasa har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, ota-ona voyaga yetgan, lekin mehnatga layoqatsiz bolalariga ham aliment to'lashi shart va uning miqdori ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

Qo'shimcha xarajatlar - Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot:
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart va uning miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Boshqa holatlar: Agarda ota-ona yoki voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar aliment to'lashdan boyin tovlasa, aliment sud tomonidan undiriladi

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo`lgan bo`lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimiz manzili:
@huquqiyjamiyat
128 viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:09:33 Kanalimiz manzilini iloji boricha ko`proq do`stlaringizga yuborsangiz xursand bolar edik. Insha'Alloh manfaatli bo`ladi. Biz esa ertadan o`z faoliyatimizni to`liq hajmda boshlaymiz, tushunganingiz uchun rahmat

Kanalimiz manzili:
@huquqiyjamiyat
271 viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:33:02 Bismillohir rahmonir rohiym. Yaxshi niyatlar ila ushbu ishni boshladik, Alloh xayrli qilsin.

Siz biz bilan qoling va biz tez orada boshlaymiz.
90 views10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:31:32 Assalomu alaykum, kanalimizga xush kelibsiz.
90 viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash