#Bilasizmi
Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi
(qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan
davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik
ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida –
BHMning 1 baravari (300 ming so'm), qolgan hududlarda –
BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so'mdan) oshmasligi lozim;
ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi
birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin