Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Haydovchilar yo'l-transport hodisalari bo'yicha II | Huquqiy axborot | Lotin

#Bilasizmi

Haydovchilar yo'l-transport hodisalari bo'yicha IIB xodimlarisiz hodisa to'g'risidagi xabarnomani tuzishi mumkin

Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning o'zida quyidagilar asos bo'ladi:

jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
ishtirokchilardan biri o'z aybiga iqror bo'lganida;
hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo'lganida;
ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug'urta qilingan bo'lsa;
haydovchilik guvohnomasi, ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo'l varaqasi mavjudligi;
haydovchilar mast bo'lmasa;
transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.

Xabarnoma hodisa sodir bo'lgan joyda darhol ikki nusxada tuziladi.

Xabarnoma quyidagi hujjatlar bilan 3 ish kunida sug'urtalovchilarga yuboriladi:

hodisa joyining, transportlarning fotosurati;
haydovchilarning sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish to'g'risidagi arizalari;
haydovchilarning mastligini aniqlash to'g'risidagi bayonnoma;
haydovchilarning hujjatlari, ro'yxatdan o'tkazilganlik haqidagi hujjatlarning ko'chirma nusxalari, sug'urta polisining ko'chirma nusxalari.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin