Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Qoraqalpog'iston Respublikasi v | Huquqiy axborot | Lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazmdagi boshlang'ich sinf o'quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

“Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (472-son, 25.08.2022-y.) qabul qilindi

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlang'ich sinf o'quvchilariga byudjet hisobidan bepul ovqat bilan ta'minlash tizimi joriy etilgan.

Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog'lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o'tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

Xususan, o'quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning ro'yxati kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.

Keyteringhududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko'rsatish.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin