Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Abu Rayhon Beruniy tavalludinin | Huquqiy axborot | Lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanadi

“Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–361-son, 25.08.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2022–2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.

Shunga asosan, jumladan:

“Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlari yo'lga qo'yiladi;
2023-yil yakunigacha Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi;
alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo'lyozma va boshqa madaniy boyliklar restavratsiya qilinadi;
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi va Xorazm Ma'mun akademiyasida madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilinadi;
o'quvchilar o'rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan bo'yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi o'tkaziladi.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta'sis etiladi.

2022-yil dekabrgacha “Beruniy va yoshlar” maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid ma'lumotlar, uning ilmiy-ma'rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.

Qarorga ko'ra, allomaning to'liq asarlari turkumini o'zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko'riladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin