Get Mystery Box with random crypto!

Huquq Fanidan Testlar

Telegram kanalining logotibi huquq_testlar — Huquq Fanidan Testlar H
Telegram kanalining logotibi huquq_testlar — Huquq Fanidan Testlar
Kanal manzili: @huquq_testlar
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.75K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Yuridik soha boʻyicha oliy taʼlimga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal.
💠 Eyler-Venn usuli
💠 Onlayn Testlar
💠 Feedback
Yurisprudensiya yoʻnalishiga tayyorgarlik koʻrishda kerakli kitoblardan xarid qilish
@Huquq_kitoblar
@huquqshunoslik_kitobi

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-09-17 12:40:08 #Yangi_konstitutsiya

Avval: IX bob "Iqtisodiy va Ijtimoiy huquqlar"
Keyin: IX bob "Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar"

**38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Har bir shaxs dam olish huquqiga ega.
Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish
va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi taʼtilga chiqish huquqiga ega.»**

**40-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Har kim sog‘lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo‘lish hamda o‘z sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega.»**

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
5.9K viewsHuquqshunoslik Boti, 09:40
Ochish/sharhlash
2022-09-16 07:21:46 #Yangi_konstitutsiya

28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib
turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash
joyini erkin tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar
mustasno.
Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega.»

29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Har kim fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim
istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Har kim Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish
huquqiga ega.
Mazkur huquqlarni cheklashga faqat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni,
boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, jamoat xavfsizligini hamda tartibini
himoya qilish, shuningdek davlat siri yoki boshqa sir deb eʼtirof etilgan axborot
oshkor etilishining oldini olish bilan bog‘liq hollarda, qonun bilan yo‘l qo‘yiladi.»

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
5.3K viewsHuquqshunoslik Boti, 04:21
Ochish/sharhlash
2022-09-14 17:22:42 #Statistika

Respublikamizning barcha viloyatlaridan oʻqituvchi va oʻquvchilar bizning kitoblarimizdan foydalanishmoqda.
Bundan juda mamnunmiz.

Yangi ish boshlayotgan yoki yuridik(Ichki ishlarga, DXX) ga tayyorgarlik koʻrayotganlar oʻqituvchi, oʻquvchilarga kerakli, kitob.
Attestatsiya testlari ham keltirilgan.
8-9-10-11-sinflar
8-9-sinflar

@HUQUQSHUNOSLIK_KITOBI
4.8K viewsIkromov Sherzodxon | Huquqshunos, 14:22
Ochish/sharhlash
2022-09-14 06:00:02 #Yangi_konstitutsiya

1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1-modda. O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy,
demokratik davlat. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi»
va “O‘zbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi»;

24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«24-modda. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, qonun
bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
6.2K viewsHuquqshunoslik Boti, 03:00
Ochish/sharhlash
2022-09-13 06:30:00 #Yangi_konstitutsiya

Prezident vakolat muddati oʻzgarganini bilasizmi?

5 yil
7 yil

P/s: Bu oʻzgarish bilan ayni vaqtdagi prezidenti qayta 2 marta saylanishi mumkin.

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
5.8K viewsHuquqshunoslik Boti, 03:30
Ochish/sharhlash
2022-09-13 06:10:10Saylovlarda ishtirok etish:
Huquq yoki Burch?

Majburiy ovoz berish - bu yangilik emas. Bunday qoidani birinchilardan bo'lib 1892-yilda Belgiya, 1914-yilda Argentina va 1924-yilda Avstraliya joriy etdi. Tarafdorlarning asosiy argumenti shundaki, ishtirok etish qanchalik keng bo'lsa, g'olibning qonuniyligi shunchalik yuqori bo'ladi. Muxoliflarning ta'kidlashicha, majburiy ovoz berish demokratiya targ'ib qilayotgan erkinlik ruhiga ziddir.

Ovoz berish majburiy bo'lishi kerakmi yoki xohishga qarab?

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
5.4K viewsHuquqshunoslik Boti, 03:10
Ochish/sharhlash
2022-09-12 15:33:17 ​#Yangi_konstitutsiya
#Konstitutsiya_loyihasi

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish uchun takliflarni qabul qilish1-avgust 00:00 da yakunlangan.

#Statistika

Barcha takliflar soni: 62336 ta
Takliflarga qoʻshimchalar soni: 384 ta
Izohlar soni: 15872 ta
Telegramdan kelgan takliflar soni: 18368 ta
Telefon orqali takliflar soni: 5376 ta
Boshqa takliflar soni: 4736 ta

Umumiy kelib tushgan takliflar soni: 150 505 ta

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
6.3K viewsHuquqshunoslik Boti, 12:33
Ochish/sharhlash
2022-09-11 20:16:37 ​​​​​​​​#Onlayn_Test

Diqqat | #tarmoqda_nosozlik

Bugungi test natijalari ertaga chiqadi.Chunki, messenjer qotib ishlashi botlarga ham taʼsir qildi.Toʻgʻri tushunasiz deb oʻylayman.
Hali juda koʻp testlar boʻlib oʻtadi.
I.Sh

Huquqshunoslik kanali
@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar
4.9K viewsIkromov Sherzodxon | Huquqshunos, 17:16
Ochish/sharhlash
2022-09-08 11:37:14 ​​​​​ ONLINE OLIMPIADA

11-SENTABR(Yakshanba) 21:00 da Huquq fanidan «Online Olimpiada» boshlanadi.
Testlar soni: 30 ta
Belgilangan vaqt: 1 soat
Barcha ishtirokchilar mukofotlanadi.

Oʻquvchilarga xabar bering.

Online Test bo'ladigan kanalga ulaning:
https://t.me/+2haMqHiE1iw4ZDQy
1.9K viewsHuquqshunoslik Boti, edited  08:37
Ochish/sharhlash
2022-09-03 16:48:31 Huquq Fanidan Testlar pinned a photo
13:48
Ochish/sharhlash