Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_konstitutsiya 28-modda quyidagi tahrirda bayon etils | Huquq Fanidan Testlar

#Yangi_konstitutsiya

28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib
turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash
joyini erkin tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar
mustasno.
Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega.»

29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Har kim fikrlash, so‘z va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim
istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Har kim Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish
huquqiga ega.
Mazkur huquqlarni cheklashga faqat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni,
boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, jamoat xavfsizligini hamda tartibini
himoya qilish, shuningdek davlat siri yoki boshqa sir deb eʼtirof etilgan axborot
oshkor etilishining oldini olish bilan bog‘liq hollarda, qonun bilan yo‘l qo‘yiladi.»

@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar