Get Mystery Box with random crypto!

⚖️ Huquq testlar | Yuridik adabiyotlar

Telegram kanalining logotibi huquq_fanidan_testlar — ⚖️ Huquq testlar | Yuridik adabiyotlar
Telegram kanalining logotibi huquq_fanidan_testlar — ⚖️ Huquq testlar | Yuridik adabiyotlar
Kanal manzili: @huquq_fanidan_testlar
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.78K
Kanalning ta’rifi

📚 Huquq fanidan 30 talik BMBA (DTM) test
📄 Huquq fanidan quiz testlar ;
📄Blok testlar va yuridik adabiyotlar
🔰Kanalimiz test bazasi - @Universal_huquq
👉 Reklama xizmati: @adm_reklama

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-05 08:00:08 #Termin

Afv etish – Sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish.

Odatda, davlat boshligʻining qarori bilan amalga kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasida sudning hukmi bilan jazo tayinlangan shaxslarni Prezident tomonidan afv etish va gunohlaridan oʻtishni anglatadi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 93-modda, 23-band).

Afv etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlagan Nizomda nazarda tutilgan tartiblar va qoidalar asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida avf etish masalasi odatda, hukmlangan fuqaroning avf etishni soʻrab yozgan iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi.

Sud hukmi bilan jazoga hukm etilganlarni avf etish oʻlim jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish; asosiy va qoʻshimcha jazolarni toʻla yoki qisman oʻtashdan ozod qilish; jazo oʻtalmagan qismini yengilroq turi bilan almashtirish va sudlanganlikni olib tashlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Afv etishni soʻrab qilingan iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan soʻng koʻrib chiqiladi.


@huquq_fanidan_testlar Kanalga qo'shiling.
556 viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2022-11-05 07:00:02
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan tashkilot .... ?
Anonymous Quiz
15%
Jismoniy shaxs
63%
Yuridik shaxs
11%
Xo'jalik shirkatlari
10%
Aksiyadorlik jamiyati
349 voters819 views04:00
Ochish/sharhlash
2022-11-05 06:40:46 Yuqorida tashlangan test tahlili :

11-sinf Davlat va huquq asoslari fanida erkaklar uchun nikoh yoshi 18, ayollar uchun esa 17 yosh qilib belgilangan. ammo :

O'zbekiston Respublikas oila kodeksining yangi tahririda ayollar uchun ham 18 yosh etib belgilandi.

Agar Davlat imtihonlarini topshiruvchilarga shu tartibda savol tushadigan bo'lsa kodeks bo'yicha belgilash maslahat beriladi.

@huquq_fanidan_testlar Kanalga qo'shiling
593 viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2022-11-05 06:00:03
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi.... (qaysi javob xato berilgan)
Anonymous Quiz
34%
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
16%
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
22%
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
29%
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
237 voters542 views03:00
Ochish/sharhlash
2022-11-05 05:29:14 #xayrli_tong

«Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi».

Albus Dumbledore

LINK
: @huquq_fanidan_testlar
525 views02:29
Ochish/sharhlash
2022-11-04 21:00:03
Quyidagilardan kimlar jtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifasiga mansub emas.
Anonymous Quiz
24%
odam savdosi qurbonlari
30%
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar
31%
oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari
15%
oliy ta’lim muassasalarining to'lov-kontrakt bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari
253 voters577 views18:00
Ochish/sharhlash
2022-11-04 20:00:11
Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun....
Anonymous Quiz
44%
kamida 15 kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi
23%
kamida 15 kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi
25%
kamida 30 kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi
8%
kamida 30 kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi
270 voters607 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-11-04 19:36:25
18 yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari,yana kimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Anonymous Quiz
17%
mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organning
14%
mahalliy mehnat organining
51%
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaning
19%
kasaba uyushmasining
261 voters597 views16:36
Ochish/sharhlash
2022-11-04 16:00:09 #Termin

Jinoyat protsessi

Jinoyat protsessi - jinoyat ishini tergov qilish va sudda koʻrish vaqtida surishtiruv, tergov, prokuratura organlari va sud bajaradigan harakatlar jarayoni.

Jinoyat protsessi odatda, ish qoʻzgʻatilgandan to hukm chiqarilguncha davom etadi, baʼzan esa hukmni qayta koʻrish va uning ijrosi masalalarini hal qilishni ham oʻz ichiga oladi.

Jinoyat protsessi. jinoyatlarni ochish va jinoyatchilarni jazolash uchun xizmat qiladi; barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, sudning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi, sudlov ishlari oshkora va koʻpchilikni tashkil etgan aholi tilida olib borilib, bu tilni bilmaganlarga tarjimon yordam berishi, ayblanuvchi oʻzini himoya qilish huquqiga ega boʻlishi kabi demokratik tamoyillarga asoslanadi.

Mansabdor shaxslarning Jinoyat protsessida vakolatlari qonun bilan tartibga solinadi. Ular Jinoyat protsessida ishtirok etadigan ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, ekspert va bularning oʻz huquqlaridan toʻliq foydalanishlari va majburiyatlarini toʻla bajarishlari uchun masʼuliyatli.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning oʻz vakolati doirasidan tashqari chiqishi, qonunda belgilanmagan harakatlarni qilishi, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchilar huquqining asossiz chegaralanishi — tergov xulosalarining notoʻgʻri deb hisoblanishiga, hukmning bekor qilinishiga sabab boʻladi.

@huquq_fanidan_testlar kanalga qo'shiling
636 views13:00
Ochish/sharhlash
2022-11-04 15:00:06
Huquqning qaysi funksiyasi Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni va alohida
shaxs xulq-atvorini kerakli yo‘nalishga solishdan iborat?
Anonymous Quiz
31%
Tarbiyalash
60%
Tartibga solish
7%
Qo'riqlash
3%
Rasmiylashtirish
300 voters581 views12:00
Ochish/sharhlash