Get Mystery Box with random crypto!

#Termin Afv etish – Sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror | ⚖️ Huquq testlar | Yuridik adabiyotlar

#Termin

Afv etish – Sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish.

Odatda, davlat boshligʻining qarori bilan amalga kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasida sudning hukmi bilan jazo tayinlangan shaxslarni Prezident tomonidan afv etish va gunohlaridan oʻtishni anglatadi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 93-modda, 23-band).

Afv etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlagan Nizomda nazarda tutilgan tartiblar va qoidalar asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida avf etish masalasi odatda, hukmlangan fuqaroning avf etishni soʻrab yozgan iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi.

Sud hukmi bilan jazoga hukm etilganlarni avf etish oʻlim jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish; asosiy va qoʻshimcha jazolarni toʻla yoki qisman oʻtashdan ozod qilish; jazo oʻtalmagan qismini yengilroq turi bilan almashtirish va sudlanganlikni olib tashlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Afv etishni soʻrab qilingan iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan soʻng koʻrib chiqiladi.


@huquq_fanidan_testlar Kanalga qo'shiling.