Get Mystery Box with random crypto!

"Hunarmandlar" MFY

Telegram kanalining logotibi hunarmandlar_mfy_yoshlari — "Hunarmandlar" MFY H
Telegram kanalining logotibi hunarmandlar_mfy_yoshlari — "Hunarmandlar" MFY
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 245
Kanalning ta’rifi

Bu kanal asosan Qumqòrg'on tuman "Hunarmandlar" mahalla fuqorolar yig‘ini fuqarolarining davlatimizda bo‘layotgan voqea va yangiliklardan xabardor bo‘lishi, mahallamiz yangiliklari va boshqalar uchun yaratildi.
Murojaat uchun @dx1696

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-08 00:23:12
QUMQOʻRGʻON YOSHLARI UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!

Hurmatli Qumqo'rg'on yoshlari! 2023-yilgi muddatli harbiy xizmat uchun yangi mavsum boshlanishi munosabati bilan siz yoshlarni harbiy xizmatni o'tab vatanimiz tinchiligini ta'minlashda o'z xissangizni qo'shishga chorlab qolamiz.

Muddatli harbiy xizmatni (1 yillik) o'tash istagini bildirgan yoshlar mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan qo'shimcha imtiyoz asosida muddatli harbiy xizmatga ketishlari mumkin bo'ladi.

Nomzodlar mahallalardagi yoshlar yetakchisiga yoki xaftaning har dushanbadan-juma kunlarigacha tuman mudofaa bo'limiga murojaat qilishlari mumkin.

Tuman mudofaa bo'limi:
Umarbek  aka.
Tel: (95) 776-99-86

Harbiy bo'lish istagidagi barcha zabardast yigitlarimizni chorlab qolamiz!


https://t.me/YIA_QUM
146 views21:23
Ochish/sharhlash
2022-12-08 00:13:59 Президент 402 кишини афв этди

Президент фармони асосида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 30 йиллиги муносабати билан 402 нафар шахс афв этилди.

Уларнинг 128 нафари асосий жазодан тўлиқ озод этилди, 201 нафари жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинди, 15 нафарининг озодликдан маҳрум этиш жазоси енгилроқ жазо билан алмаштирилди.

Шунингдек, 58 нафар шахсга тайинланган озодликдан маҳрум этиш жазосининг муддатлари қисқартирилди.

Афв этилганларнинг 17 нафарини чет эл фуқаролари, 63 нафарини аёл, 26 нафарини 60 ёшдан ошган шахслар ҳамда 19 нафарини тақиқланган ташкилотлар фаолиятида қатнашган шахслар ташкил этади.

Бизни кузатиб боринг
Youtube | Facebook | Telegram

t.me/q_sadosi
135 views21:13
Ochish/sharhlash
2022-12-08 00:08:07 Qumqo'rg'on tumani Hunarmandlar MFY yoshlar yetakchisi Z.Mamatraimov, Siz aziz yurtdoshlarimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 30 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy tabriklaydi. Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida xalqimiz tomonidan erkin va obod kelajagimiz poydevorini belgilab bergan Konstitutsiya kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.  Bosh qomusimiz – Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lib, u qabul qilingan kundan boshlab hozirgacha erkin va ozod, tinch va osoyishta hayotimizning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanib, u davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir. Uzoq xalq muhokamalaridan keyin qabul qilinganligi sababli ham mazkur Konstitutsiya asosida xalqimiz manfaatlariga xizmat qiluvchi qonunlar qabul qilishning o‘zbekona yo‘li shakllandi, deyish mumkin. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan buyon o‘tgan 30 yil mobaynida uning qoidalari hayotga izchil joriy etildi. Hayotimizning barcha jabhalarida yutuqlarga erishildi. Aynan mana shu hujjat sabab yurtimizda fuqarolar va millatlararo totuvlik ta’minlanib, turmush farovonligi yildan-yilga ortib bormoqda, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelinmoqda. Aziz yurtdoshlar! Bugun davlat va jamiyatning asosiy maqsadi xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir. Zero, hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek, O‘zbekiston fuqarolari hamisha o‘z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo‘ladi. Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo‘lida keksa-yu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilib kelmoqda. Sizlarni Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Siz-u bizning xonadonimizni, kundan kunga chiroy ochib borayotgan go‘zal yurtimiz – O‘zbekistonni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin! Har birimizning ezgu orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Qumqo'rg'on tumani Hunarmandlar MFY yoshlar yetakchisi Zayniddin Mamatraimov!!!
141 views21:08
Ochish/sharhlash
2022-12-08 00:08:07
137 views21:08
Ochish/sharhlash
2022-12-07 16:08:49
Hurmatli tumandoshlar diqqatiga!

Kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Shuningdek Qumqo'rg'on tumanidagi avtomobillarga siqilgan gaz to'ldirish shaxobchalari (metan zaprafka)ga tabiiy gaz yetkazib berish bo'yicha tasdiqlangan reja jadvali asosida avtomobillarga siqilgan gaz to'ldirish ishlari amalga oshiriladi.
221 views13:08
Ochish/sharhlash