Get Mystery Box with random crypto!

Qumqo'rg'on tumani Hunarmandlar MFY yoshlar yetakchisi Z.Mamat | "Hunarmandlar" MFY

Qumqo'rg'on tumani Hunarmandlar MFY yoshlar yetakchisi Z.Mamatraimov, Siz aziz yurtdoshlarimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga 30 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy tabriklaydi. Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida xalqimiz tomonidan erkin va obod kelajagimiz poydevorini belgilab bergan Konstitutsiya kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.  Bosh qomusimiz – Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lib, u qabul qilingan kundan boshlab hozirgacha erkin va ozod, tinch va osoyishta hayotimizning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanib, u davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir. Uzoq xalq muhokamalaridan keyin qabul qilinganligi sababli ham mazkur Konstitutsiya asosida xalqimiz manfaatlariga xizmat qiluvchi qonunlar qabul qilishning o‘zbekona yo‘li shakllandi, deyish mumkin. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan buyon o‘tgan 30 yil mobaynida uning qoidalari hayotga izchil joriy etildi. Hayotimizning barcha jabhalarida yutuqlarga erishildi. Aynan mana shu hujjat sabab yurtimizda fuqarolar va millatlararo totuvlik ta’minlanib, turmush farovonligi yildan-yilga ortib bormoqda, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelinmoqda. Aziz yurtdoshlar! Bugun davlat va jamiyatning asosiy maqsadi xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir. Zero, hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek, O‘zbekiston fuqarolari hamisha o‘z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo‘ladi. Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo‘lida keksa-yu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilib kelmoqda. Sizlarni Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Siz-u bizning xonadonimizni, kundan kunga chiroy ochib borayotgan go‘zal yurtimiz – O‘zbekistonni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin! Har birimizning ezgu orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Qumqo'rg'on tumani Hunarmandlar MFY yoshlar yetakchisi Zayniddin Mamatraimov!!!