Get Mystery Box with random crypto!

Hoshimov Iqtisodiyoti

Telegram kanalining logotibi hoshimoviqtisodiyoti — Hoshimov Iqtisodiyoti H
Telegram kanalining logotibi hoshimoviqtisodiyoti — Hoshimov Iqtisodiyoti
Kanal manzili: @hoshimoviqtisodiyoti
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 733
Kanalning ta’rifi

Канал мухлис томонидан юритилади
Алоқа учун @econ_uzb
Расмий канал @iqtisodchi_kundaligi
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/@hoshimoviqtisodiyoti
https://youtube.com/@Uzbekonomics

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-10 06:26:05 Galeev zamonamizning eng qiziq faylasuflaridan.

Koʻpdan beri aytib keladi — rossiyaliklar har qanday matnni asosiy gʻoyasini oʻqishni bilishmaydi deb. Bu postida, rossiyaliklar shunday qilishini sababi — matn tezisini “umuman koʻrishmaganlari uchun” deb aytyapti.

Я давно уже удивлялся почему при обсуждении буквально любого текста россияне упорно игнорируют его центральный тезис. А потом я понял - они его не видят. Потому что они в принципе не умеют отличать важное от второстепенного

Shu fikri bilan qoʻshilaman: ular oʻqishni bilishmaydi emas, haqiqatdan matnni koʻrishmaydi.

Men buni sal kengaytirar edim, deyarli butun post-Sovet maydonida shunday. Oʻqishda ham, yozishda ham, shunday qilishadi: oʻquvchilar deyarli doim markaziy tezisni oʻqishmaydi — chunki koʻrishmaydi. Balki shuni deb ham, yozuvchilar markaziy tezisni berkitib yozishga oʻrganishgan. Bir xil payt tezisni yozishmaydi ham. Menimcha, bu impulsiv boʻlib qolgan — men oʻylaymanki, post-sovet maydonidagi yozuvchilar buni qasddan qilishmaydi.

Shuning uchun, shartli Masha Gessen bilan, rus blogosferasi yoki jurnalistikasining boshqa bir vakilini qalamini solishtirib koʻring. Gessening qalamida yaqqol koʻzga tashlanadigan xususiyati koʻrinadi — doim markaziy tezisni aniq yozadi. Menimcha shu xususiyati aynan uning boshqa maktabdan ekanligini ko’rsatadi. Yozuv tilini ahamiyati yoʻq — usuli farqlanadi. Gessen ruscha yozganida ham, buni koʻrish va sezish oson.

Oʻzbek blogosferasi va deylik gazetalardagi yozish sifatini albatta izohlagim kelmayapti, buni hamma biladi. Lekin umumlashtirish qilib koʻrmoqchiman. Balki ikki xil oʻylashga oʻrganib qolgan jamiyatdagi oʻquvchi — matnni mazmunini boricha qabul qila olmaslikka o’rgangan, shuning uchun, yozuvchi ham, matnni aniq yoza olmaydi. “Kremlinologiya” metodini asosi ham shunda edi — sovet matnlarida tezis mavjudsizligi ustida qurilar edi tahlil.

Boshqa qanday buni umumlashtirishni bila olmayapman. Yaʼni Galeevni kuzatuvi bilan toʻliq qoʻshilaman, bu barcha post-Sovet mamlakatlari va xususan— Oʻzbekistonda, Galeev aytgan kuzatuv Rossiyadan ham ancha chuqur ekanligini ham yaxshi bilaman.

Lekin sababini oʻzim uchun toʻliq tushuntira olmayman. Sizningcha, buni sababi nimada? Yoki Galeevni fikri bilan qoʻshilmaysizmi? Zinovyevni falsafasi orqali qarash kerakmi? Xullas, fikringiz bilan bo’lishing.
195 views03:26
Ochish/sharhlash
2022-10-08 11:08:32
Qrim ko’prigida shunday ahvol deyishmoqda. Juda muhim yangilik.
222 views08:08
Ochish/sharhlash
2022-10-08 04:15:51 Urush haqida koʻp oʻqib boryapman, har xil odamlar bilan shu mavzuda gaplashaman va bir narsaga eʼtibor berishni boshladim. Kreml ham, gʻarbdagi siyosatchilar ham va eng muhimi Ukrainalik siyosatchilar ham, bir masalada hamfikrlar, lekin menga bu narsa bunchalik trivial koʻrinmaydi.

Gʻoya quyidagicha: “Agar Rossiya urushni yutqazsa, unda Putin rejimi ham qulaydi”. Bu gʻoyaga Kreml ishonib qolgan, buni yaqqol koʻrsa boʻladi — qanchalar koʻp qurbonliklar boʻlmasin, qanchalik koʻp vayronagarchilik boʻlmasin, qanchalar Rossiyaliklarni iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli yomonlashmasin, urushni “ekzistensial” deb oʻylashmoqda Rossiyalik boshqaruvchilar. Rus propagandasi ham, bu urushda magʻlubiyat cheksak — boʻldi, tamommiz degan narrativni xalqqa sotmoqda. Menga tushunarsiz koʻrinayotgani, gʻarb siyosatchilari ham oʻylashyaptiki, urushni Rossiya yutqazsa Putin rejimi qulaydi deb. Menimcha bu unchalik trivial emas, juda koʻp diktatorlar urushlarni yutqazib koʻp yillar oʻz taxtida qolgan. Gʻarbliklar va Ukrainaliklarda bu “wishful thinking” — yaʼni shunday boʻlishini xohlashgani uchun, shunday taxmin qilishmoqda, Kremlda esa, bu analitik xato.

Shu masala qiziq, jang maydonidagi dushmanlar — bir xil masalalarda hamfikrlar. Vaholanki, bu fikr toʻgʻriligiga shubhalanish mumkin.

@Hoshimoviqtisodiyoti | obuna bo'ling
260 views01:15
Ochish/sharhlash
2022-10-06 11:06:29
Ўзбекистонга россиялик муҳожирлар оқими: иқтисодчилар нима дейди?

Ўзбекистонлик иқтисодчиларнинг фикрича, сафарбарликдан қочган муҳожирлар оқимидан “ваҳима қилишга ҳожат йўқ”. Бу қисқа муддатда ижтимоий соҳаларга юкламани ошириши, айрим секторларда нархлар кўтарилишига олиб келса-да, узоқ истиқболда иқтисодий жиҳатдан ижобий таъсирга эга бўлиши мумкин.

https://kun.uz/17731594

Kun.uz расмий канали
282 views08:06
Ochish/sharhlash
2022-10-05 04:10:08 Rossiya Markaziy Banki raisi o‘rinbosariga ko‘ra, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tushishining eng pastki nuqtasi 2023 yilning birinchi choragida sodir bo‘lar ekan.

Bundan oldin, iqtisodiyot vazirligi 2022 yilning oxirgi choragi eng pastki nuqta bo‘ladi deb reja qilgan edi.

Ruschada aytsak: «думали что опустились на самое дно, как вдруг снизу постучали...»
314 views01:10
Ochish/sharhlash
2022-10-04 06:16:28 Oxirgi payt eshitgan eng yaxshi podkastlarimdan.
317 views03:16
Ochish/sharhlash
2022-10-04 04:18:52 Keyingi hafta iqtisoddan Nobel Mukofoti eʼlon qilinadi. Shu haqida oʻzimni taxminlarimni yozib qoʻyay, koʻramiz qanchalik adashaman. Bu yerda Nobel mukofotini olish ehtimoli katta famililardan (inglizchada): 1. Douglas Diamond — moliya uchun. 2. Ernst Fehr…
320 views01:18
Ochish/sharhlash
2022-10-04 04:18:03 Keyingi hafta iqtisoddan Nobel Mukofoti eʼlon qilinadi. Shu haqida oʻzimni taxminlarimni yozib qoʻyay, koʻramiz qanchalik adashaman. Bu yerda Nobel mukofotini olish ehtimoli katta famililardan (inglizchada):

1. Douglas Diamond — moliya uchun.

2. Ernst Fehr, Jon List, Charles Manski — eksperimental iqtisodiyot uchun.

3. Acemoglu, Robinson — siyosiy iqtisodiyot uchun.

4. Acemoglu, Barro — endogen iqtisodiy oʻsish uchun.

5. Blanchard, Rogoff, Fisher, Bernanke, Mankiw — makroiqtisodiyot uchun (aynan qaysi kombinatsiyada berilishini aytish qiyin).

6. Phillips, Donald Andrews — Ekonometrika uchun.

7. Pakes, Bresnahan, Porter — tarmoqlar tahlili uchun (industrial organization).

8. Milgrom, Kreps — mikronazariya uchun.

9. Kiyotaki, Wright, Moore — mutanosiblik nazariyasi uchun.

10. Claudia Goldin, David Card— mehnat iqtisodiyoti.

Shaxsan men, Charles Manskiyga berishsa juda xursand boʻlar edim.

Bu roʻyxatdan birortasi ham bu yili olmasligi ehtimoli deyarli 100%, lekin bu roʻyxatdan qaysidir odam keyingi 30 yilda olishi ehtimoli ham 100% atrofida.
271 views01:18
Ochish/sharhlash
2022-10-03 17:58:41 Erondagi Sharif Texnologiyalar universitetida qon toʻkilayotgan ekan. Bu universitet nafaqat Eronda, balki butun mintaqadagi eng muhim ilm markazlaridan biri. Oʻrta Sharqda bunday zoʻr universitetlar deyarli yoʻq. Shaxsan meni bir nechta yaqin tanishim, hamkasbim, jumladan hatto devor qoʻshnim ham shu universitet bitiruvchisi. Koʻp gʻarbiy universitetlarda tahsil olayotgan va ishlayotgan koʻp Eronlik olimlar oʻsha universitet bitiruvchisi (Hindistonning IITsidek gap).

Aytmoqchi, kelajakda iqtisodiyotdan Nobel mukofoti oladigan eronlik (hozir juda yosh, 40-50 yilda olishiga aminman) — Muhammad Akbarpour ham, shu universitet bitiruvchisi.

Kecha sharqiy yevrodagi eng zoʻr universitetlar — Moskva Davlat Universiteti, Oliy Iqtisodiyot Maktabi va MFTI shu olti oyda toʻkilib ketayotgani haqida yozgan edim. Endi bugun Erondan shunday yangiliklar. Qiziq tomoni — normal universitet qilishga yarim asr va milliardlab pul kerak. Buzish uchun, bir hafta ham kifoya ekan.

Oʻrta sharqda Qirol Abdulaziz Fan va Texnologiyalar universitetiga, Saudiya eng kamida 10 milliard dollar ajratdi, lekin hali ham, Erondagi Sharifga yetgani yoʻq. Xuddi shunday Qozogʻistondagi Nazarboyev universiteti uchun, eng kamida 2 milliard dollar ajratilgan edi. Lekin albatta MDU yoki MFTI darajasiga yetgani yo’q. Shu ikkala yangi universitetga, milliardlar dollarlar bilan birga vaqt kerak — yaʼni bir necha milliard dollar normal universitet tashkil qilish uchun shart boʻlgan talab, to’g’ri — lekin yetarli emas. Universitet tashkil etish uchun (bir necha milliard dollar) yillar kerak, bir necha avlod kerak.

Normal universitetni bir necha kunda vayron qilish uchun esa, koʻrib turganimizdek juda qisqa vaqt kerak ekan. Chunki universitet — bu insonlar, ular ketib qolishsa, universitet ham qolmaydi.

Lekin eng qizig’i, bunday fan markazlarini vayron qilganlar, hech qachon qanday qiyin mehnat mahsulini vayron qilishganini anglab ham yetishmaydi.

| @Hoshimoviqtisodiyoti |
239 views14:58
Ochish/sharhlash
2022-10-02 06:02:22 Barcha oʻqituvchilarni bayram bilan tabriklayman! Bu sharafli ishga oʻz umringiz va g’ayratingizni bagʻishlab kelayotganligingiz uchun juda minnatdorman!

Bugun oʻqituvchilar kuni bilan menga koʻp kishi Telegram va elektron pochta orqali xabarlar yozishibdi. Barchaga javob berishga harakat qildim va bu yerda yana bir marta rahmat deb aytmoqchiman. Iliq tilaklaringiz uchun va meni oʻqib borayotganingiz uchun tashakkur bildirmoqchiman!

Kimgadir, qachondir bilim olishda zarracha foydam tekkan boʻlsa — men albatta bunday imkoniyatim borligidan juda minnatdorman va baxtliman.
257 views03:02
Ochish/sharhlash