Get Mystery Box with random crypto!

Galeev zamonamizning eng qiziq faylasuflaridan. Koʻpdan beri | Hoshimov Iqtisodiyoti

Galeev zamonamizning eng qiziq faylasuflaridan.

Koʻpdan beri aytib keladi — rossiyaliklar har qanday matnni asosiy gʻoyasini oʻqishni bilishmaydi deb. Bu postida, rossiyaliklar shunday qilishini sababi — matn tezisini “umuman koʻrishmaganlari uchun” deb aytyapti.

Я давно уже удивлялся почему при обсуждении буквально любого текста россияне упорно игнорируют его центральный тезис. А потом я понял - они его не видят. Потому что они в принципе не умеют отличать важное от второстепенного

Shu fikri bilan qoʻshilaman: ular oʻqishni bilishmaydi emas, haqiqatdan matnni koʻrishmaydi.

Men buni sal kengaytirar edim, deyarli butun post-Sovet maydonida shunday. Oʻqishda ham, yozishda ham, shunday qilishadi: oʻquvchilar deyarli doim markaziy tezisni oʻqishmaydi — chunki koʻrishmaydi. Balki shuni deb ham, yozuvchilar markaziy tezisni berkitib yozishga oʻrganishgan. Bir xil payt tezisni yozishmaydi ham. Menimcha, bu impulsiv boʻlib qolgan — men oʻylaymanki, post-sovet maydonidagi yozuvchilar buni qasddan qilishmaydi.

Shuning uchun, shartli Masha Gessen bilan, rus blogosferasi yoki jurnalistikasining boshqa bir vakilini qalamini solishtirib koʻring. Gessening qalamida yaqqol koʻzga tashlanadigan xususiyati koʻrinadi — doim markaziy tezisni aniq yozadi. Menimcha shu xususiyati aynan uning boshqa maktabdan ekanligini ko’rsatadi. Yozuv tilini ahamiyati yoʻq — usuli farqlanadi. Gessen ruscha yozganida ham, buni koʻrish va sezish oson.

Oʻzbek blogosferasi va deylik gazetalardagi yozish sifatini albatta izohlagim kelmayapti, buni hamma biladi. Lekin umumlashtirish qilib koʻrmoqchiman. Balki ikki xil oʻylashga oʻrganib qolgan jamiyatdagi oʻquvchi — matnni mazmunini boricha qabul qila olmaslikka o’rgangan, shuning uchun, yozuvchi ham, matnni aniq yoza olmaydi. “Kremlinologiya” metodini asosi ham shunda edi — sovet matnlarida tezis mavjudsizligi ustida qurilar edi tahlil.

Boshqa qanday buni umumlashtirishni bila olmayapman. Yaʼni Galeevni kuzatuvi bilan toʻliq qoʻshilaman, bu barcha post-Sovet mamlakatlari va xususan— Oʻzbekistonda, Galeev aytgan kuzatuv Rossiyadan ham ancha chuqur ekanligini ham yaxshi bilaman.

Lekin sababini oʻzim uchun toʻliq tushuntira olmayman. Sizningcha, buni sababi nimada? Yoki Galeevni fikri bilan qoʻshilmaysizmi? Zinovyevni falsafasi orqali qarash kerakmi? Xullas, fikringiz bilan bo’lishing.