Get Mystery Box with random crypto!

Jiddiy aytadigan boʻlsam, hozirgi zamondagi eng zoʻr ishlaydig | Hoshimov Iqtisodiyoti

Jiddiy aytadigan boʻlsam, hozirgi zamondagi eng zoʻr ishlaydigan institutlardan biri bu albatta AQShning Federal Rezerv tizimi. Bunday institutsiyalarning jamiyat rivojidagi oʻrni nihoyatda muhim, lekin balki koʻzga koʻrinmas.

Bernankeni akademik tadqiqotlari uchun Nobel berishdi — bu albatta tabiiy — juda katta olim sifatida, hali Fedga kelishdan oldin Nobelga sazovor odam edi.

Lekin Bernankeni jamiyat uchun qilgan ishlaridan biri, xohlasangiz, insoniyat rivojiga eng katta hissasi — Bernanke olimdan ham kattaroq, Bernanke jamiyat xizmatchisi, yaʼni Fed boshqaruvchisi paytida boʻlgan. Taqdirni qiziq bir hikoyasi shuki — enga katta inqiroz paytida AQSh markaziy bankini boshqaruvchisi roliga Bernankedan yaxshiroq kandidat topilishi imkonsiz edi. Bunday katta ishni nazariy akademik qilgani — oʻsha paytda Bushni kongressda “nazariyachi”ni olib keldi deb tanqid qilgan senatorlar uyaladigan darajada aʼlo bajardi. Albatta bunday ishlar uchun Nobel berilmaydi. Lekin Bernanke, “tinchlik uchun” Nobel olishga ham yaxshi kandidat bo'la olar edi demoqchiman. Boshqa bunday iqtisodchilar yoʻq menimcha.