Get Mystery Box with random crypto!

Nobel Mukofotini kim olishini hamma biladi - kutilmagan narsa, | Hoshimov Iqtisodiyoti

Nobel Mukofotini kim olishini hamma biladi - kutilmagan narsa, qanday tartibda olinishi. Masalan, Diamond yoki Bernankeni olishini men 3-4 yildan beri yozib boraman. Lekin hayolimni uchiga ham kelmabdi bular birga olishini. Men o’ylar edimki, Bernanke boshqa makroiqtisodchi masalan shartli Blanchard bilan oladi deb. Moliyaviy nazar bilan birlashtirish mumkinligini o’ylamabman ham.

Ikkinchi tomondan, yaxshi endi 3-4 yilda yana makro uchun berilsa - ro’yxat Bernankega qisqardi. 4-5 kishiga berilmaydi bir mukofot.

Agar imkonim bo’lsa - Nobelchilarni ishlari haqida sal kengroq yozaman. Menimcha, iqtisodiyot bo’yicha Nobelchilar ro’yxatini hamma bilgani uchun - asosiy gazetalarda ular haqida maqolalar darrov chiqadi. Ular yozib bo’lingan, vaqti kelsa chiqarishadi xolos.

Men ham 10-15ta eng muhim olim haqida maqolalarni tayyorlab qo’ysam - har oktyabrda shu maqolalardan birini (sal tahrir qilib) chiqarib qo’yar edim.

| @Hoshimoviqtisodiyoti |