Get Mystery Box with random crypto!

Ukrainadagi urush O‘zbekistondagi yana bir sohadagi muammolarn | Historicism

Ukrainadagi urush O‘zbekistondagi yana bir sohadagi muammolarni ko‘rsatdi — atamashunoslik.

Bu muammo ko‘proq urush haqida yozayotgan nashrlarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. O‘zbek tili nafaqat zamonaviy qurollar, balki anchadan beri ma’lum bo‘lgan qurollarga ham aniq nom tanlay olmagan. Ko‘pchilik qurollarning ruscha nomini ishlatyapti. Ammo o‘zbek tilida yozishga harakat qiluvchi nashrlar ularning o‘zbekcha qilinishi kerak bo‘lganlarini tarjima qilishda qiynalmoqda.

Masalan inglizcha Multiple Rocket Launcher, ruscha Реактивная система залпового огня so‘zi o‘zbekchada turli xil tarjima qilinyapti. “Birvarakayiga o‘q uzish tizimi”, “Yoppasiga o‘q uzuvchi reaktiv raketalar tizimi” yoki “Baravar o‘q uzish tizimi” kabi. Bu qanday qurolligini tushunish video.

Xullas bu qurol og‘ir arttilleriyaning bir turi bo‘lib, arttilleriya to‘plaridan farqli ravishda uzoq masofaga ucha oladi (chunki MRL raketalari reaktiv dvigitellarga ega), katta zarba nuqtasini qamrab oladi. Odatdagi artilleriya to‘plaridan ancha sekin “zagruzka” bo‘lishi, boshqarilmaydigan reaktiv raketalarining aniqligi pastligi uchun MRL bir nechta raketalarni birdaniga otadi va shu orqali zarba davomiyligini uzaytirib, zarba nuqtasini nisbatan kengaytiradi.

MRL havo nishonlari urib tushirishi mumkin. Bunda u “havo-yer” tipidagi raketalarga ega bo‘lishi kerak.

Biroq hozirda MRL GPS va boshqa tizimlarga ulanadi va yuqori aniqlikka erishishi mumkin. Ukrainadagi urushda AQSHning HIMARS tizimlari shunday ishlatilmoqda va yuqori samaradorlikka erishilyapti.

Qurol uch qismdan iborat: reaktiv raketalar, ularni otuvchi tizim va ularni tashuvchi yuk mashinasi. Reaktiv raketalar tizimdan nomidagidek baravariga emas, birin-ketin otiladi. Chunki oltita reaktiv raketa birdaniga otilsa, ularni tashiyotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketadi.

Lekin inglizlar ham, ulardan bu so‘zni olgan ruslar ham tizim bir necha raketani qisqa vaqt ichida otishi, qayta o‘qlash shart bo‘lmagani uchun “baravariga” deya nomlagan.

Hozirda uch xil variant bor: baravar, birvarakayiga, yoppasiga. Mudofaa vazirligi saytida uch ibora ham yo‘q ekan. Qurolning aslida birdaniga hamma raketani otmasligini hisobga olsa, yoppasiga so‘zi mosroq tushadi.

Masalan, HIMARS oltita raketasini baravariga yoki birvarakayiga otmaydi. Lekin qisqa fursatda hammasini ishlatadi. “Yoppasiga” so‘zi ham hammasi degan ma’noni beradi. “Yoppasiga hujumga o‘tdi — butun qo‘shin bilan hujum qildi” kabi.

Xullas, manimcha bu qurol uchun eng yaxshi nom “yoppasiga o‘q uzish tizimi” bo‘lsa kerak.

Inglizchasida raketa so‘zi bor, ruschasida esa reaktiv. Qurol hozirda asosan baribir reaktiv raketalarni ishlatadi, demak reaktiv so‘zi shartmas.

Afsus, bu so‘zni abrevriatura (qisqartirish) qilish biroz qiyin. MRL yoki РСЗО kabi. Qisqartirish esa matn yozuvchilar uchun juda kerak. Balki bitta emas, ikki-uch harf olib chiroyliroq abreviatura qilsa bo‘lar. Ya’nayam tilshunoslar bilan maslahatlashib ko‘rmoq joiz.

@pandiplomat