Get Mystery Box with random crypto!

Tinchlik uchun Nobel mukofoti ikki yildan beri rossiyaliklarga | Historicism

Tinchlik uchun Nobel mukofoti ikki yildan beri rossiyaliklarga nasib qilyapti. O‘tgan yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel Rossiyadagi kam sonli mustaqil nashlardan biri bo‘lgan «Новая Гатеза» nashri bosh muharriri Dmitriy Muratovga va filippinlik Mariya Ressaga berilgandi.

Masalan, men Muratovning «Новая Газета»sidan ko‘ra «Медуза» nashrini Rossiyadagi eng samarali va erkin OAV deb bilaman. Biroq shvetsiyaliklar Muratov va uning jamoasi Rossiyada, xavf ostida turib ishlayotganini hisobga oldi. «Медуза» esa Putinning yordamchilari ta‘qiblaridan so‘ng Latviyaga ketishga majbur bo‘lgandi.

Muratov va «Новая Газета» albatta New York Times yoki BBC darajasida emas. Biroq ular Rossiyada, zulm va kuch hukmronlik qilayotgan davrda ishlayotgandi.

Qolaversa, Nobel ta’sischilari bu orqali rossiyalik erkin jurnistlarni qo‘llab-quvvatlash, ruslarni ilhomlantirish, dunyo e‘tiborini Rossiyaga qaratishga harakat qildi. Shu ma‘noda Muratov va «Новая Газета» o‘z xizmatlaridan ham ko‘ra Putin va unig atrofidagilar “xizmati” orqali Nobelga erishdi. Ammo aslida ularga bunday “xizmat” kerak emas edi.

Bu yil esa Tinchlik bo‘yicha mukofot biryo‘la uch slavyan davlatiga jo‘natildi: beloruslik Ales Belyatskiy, Ukrainaning “Fuqarolik huquqlari markazi” hamda Rossiyaning “Memorial” inson huquqlari tashkilotlari Nobel lauretiga aylandi. Beloruslik “millat vijdoni” bo‘lgan Belyatskiyning bu mukofotni olishini ko‘pchilik kutgandi. Belyatskiy hozir qamoqda, u shu yerdan turib Nobel mukofotini oldi.
Ukrainaga mukofot berilishi esa aniq edi, faqat aksariyat insonlar u butun Ukrainaga yoki Zelenskiyga beriladi deb taxmin qilgandi. Balkim Nobel mutassaddilari g‘alabadan so‘ng Ukrainaga bu mukofotni yo‘llamoqchidir.

Va ketma-ket ikkinchi yil ham Rossiya vakili Nobelga loyiq ko‘rildi. “Memorial” haqiqatdan ham ancha erkin va yuqori maqsadli tashkilot. Tashkilotning asosiy vazifalari quyidagilar:
— totalitarizmga qaytishning oldini olish maqsadida fuqarolik jamiyati, fuqarolarning huquqiy ongi va demokratik huquqiy davlatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
— demokratik qadriyatlarni tarqatish va shaxsiy huquqlarni himoya qilishda yordam berish;
— siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va tarixiy haqiqatni tiklash.

“Memorial” Rossiyadan tashqari Qozog‘iston va Ukrainada ham faoliyat yurituvchi sho‘balariga ega. Tashkilotning maqsadlari va harakatlari shubhasiz, hurmatga loyiq. Aynan ularning tadqiqotlaridan cho‘chigan Putin 2014 -yilda qatag‘onlarga bog‘liq NKVD arxivi maxfiyligini 2044-yilgacha uzaytirdi.

Rossiya Nobel tashkil etilgan 1901-yildan beri jami to‘rt marta Tinchlik bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan. Shundan ikkitasi 2021-2022 yillarda yuz berdi. 120 yillik natija ikki yilda amalga oshdi. Bunga qadar Mixail Gorbachyov va dissident Andrey Saxarov Tinchlik uchun Nobel laureti bo‘lgan edi.

“Memorial”, «Медуза», «Новая Гатеза», «Дождь» kabi erkin tashkilotlar Rossiyaning “vijdoni” bo‘lib turibdi. Ularning bari Rossiyada taqiqlangan yoki siyosiy bosimlar sabab faoliyatini to‘xtatgan. Putinning gumashta propagandon jurnalistlari vijdonini sotish evaziga Italiya, Ispaniya, Shveysariyadan villalar sotib olib, qimmatbaho mashinalarda yurganida bu nashrlar xayriyalar va obunachilar yordami evaziga arang ishlamoqda.

Nobel mukofoti mutassaddilari esa ularning qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnati be’etibor qolmasligini ko‘rsatish uchun ham aynan ularga sayyoradagi eng nufuzli mukofotlaridan birini topshiryapdi

@pandiplomat