Get Mystery Box with random crypto!

Diktator kim? Diktator degani cheklanmagan hokimiyatga ega bo' | HISTORY

Diktator kim? Diktator degani cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan, mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatdan ustun turgan, mutloq iroda evaziga butun sistema ustidan nazorat o'rnata olgan, saylovlarni soxtalashtirgan yoki umuman bekor qildirgan hamda konstitutsiyani o'z xohishiga ko'ra o'zgartirgan, butun qurolli kuchlar va kuch ishlatar tizimlarni o'ziga bo'ysundirgan hamda konstitutsiyada belgilab qo'yilgan muddatdan ortiq hukm suraveradigan suveren hisoblanadi.

Odatda siyosat va tarix qiziquvchilari Yaqin sharqdagi ba'zi bir siyosatchilarni diktator deya ataganimizga e'tiroz berishadi. Ammo bir narsaga e'tiborli bo'lish lozim. Diktator atamasining o'z belgilari bor. Ular aynan yuqoridagi belgilar. Iroqdagi marhum Saddam Husayn, Erondagi Oyatullo, Suriyadagi Hofiz va Bashar Asad, Liviyada Kaddafiy, Ozarda ota bola Alievlar, Tojikdagi Imomali va Turkmandagi rahbarlar, sizlarning birinchi prezidentlaringiz aynan diktator atamasiga mos keladigan hisoblanishadi. Siz buni umuman inkor qila olmaysiz. Chunki tarix yuqoridagi belgilarga mos kelgan holatda ularni talqin etdi.

Misol uchun odatda ko'p mamlakatlarda bir kishi 2 martadan koʻp prezident yoki davlat rahbari bo'la olmasligi konstitutsiyada yozilgan. Bu qonun asosan G'arb sistemasidan olingan namuna. Endi savol beraylik: Saddam Iroqda necha yil rahbar bo'ldi? 1979-yildan 2003-yilgacha. 24 yil. Qulatilmaganida bu davom etaverardi. Iroq tarixini o'qigan bo'lsangiz bu odamning minglab muxolifatni, shialarni, kurdlarni yo'q qilib hukmdorlikni saqlab qolganini bilish qiyin emas. Bugun musulmonlar himoyachisi hisobida talqin qilina boshlangan bu odam davrida Quvvayt va Eronga hujum qilingani-yu, milliondan ortiq musulmonlar qirib tashlangani esa unutildi. Mantiq qani?

Amerikaliklar tomonidan o'ldirilgani uchun ba'zi terror guruhlari uni " shahid" maqomiga ko'tarishgani esa bizning kasal va ilmsiz jamiyatimizdagi ayrim kishilarga moydek yoqib ketganidan hayron qolmaslik kerak. Karimov diktaturasida yashab Saddam diktaturasini yaxshi qabul qilish oddiy hol. Kasal jamiyat o'ylaydiki davlatni bitta kuchli odamgina boshqaradi. Aslida esa unday emas.

Kaddafiychi? 1970-2011. O'ldirilmaganida undan ham ko'proq turardi. Ko'pchilik uni aholi hayotini yaxshilab berganini pufakdek shishirib, maqtab, diktatorligini ko'rmaslikka oladi. Ammo butun mamlakat boyligini o'z qo'lida 41 yil tutib, oz ozdan aholiga bergan va butun norozi qatlamni qatagʻon qilgan bir kishilik boshqaruv oxiyri o'z xalqi tomonidan ag'darilganini ko'rmaslik mumkun emas. Kaddafiy demokratiyani yoqtirmasdi. G'arb blogi bilan ochiqdan ochiq dushmanlikni pasaytirmadi. Oqibat u 41 yil o'chirib kelgan vulqon portladi. Videolarni You Tubedan ko'rishingiz mumkun. 2-3 kishi emas, o'z xalqi uni to'polon qilib o'ldirdi. Bu uning hokimiyatni hech kimga bermay kelgani oqibatidir. Mamlakat tinch va boy yashaganida buncha norozilar nega paydo bo'lsin? Mantiq qani?

Bashar Asadchi? Hokimiyatni bermaslik, norozi qatlamni qatagʻon qilish natijasida Suriyada umumiy qo'zg'olonlar avj oldi. Endi o'ylab ko'ring xalq bir kishilik boshqaruvdan rozi bo'lsa, nega qo'zg'olon ko'tardi? Bu diktatura natijasidir. Kuchli davlatlar esa mana shundan foydalanib qolishdi.

Demokratiya bir kishilik boshqaruv emas. Demokratiyada asosiy organlar tenglikda mamlakatni iroda qilishadi. Ba'zan prezident, ba'zan bosh vazir ba'zan esa parlament hokimiyatni boshqaradi. Ammo doimo boshqa organlar va xalq oldida hisob beradi. Bu diktaturaga yo'l bermaydigan eng asosiy yo'ldir.

O'z haddini bilmay butun mamlakatni onasidan qolgandek boshqaradiganlarga sig'inadiganlarni kasal deyish mumkun.

@historicallife