Get Mystery Box with random crypto!

Davomi... Biz 30 yil orqaga qaytib bo‘ldik, shuncha orqaga qa | HisobUzb

Davomi...

Biz 30 yil orqaga qaytib bo‘ldik, shuncha orqaga qaytib boshidan boshlayapmiz. Kecha Qudbiyev matbuotga: “Bu bo‘yicha chora ko‘rilmayapti, test rejimida ishlanyapti”, dedi. Qonun bo‘yicha iyuldan shu narsani qilmasang jazolanasan, lekin hozir qilmaganing uchun iyuldan jazolanishing aniq.

QQSga hamma 2020 yildan o‘tganda prezident 6 oygacha tadbirkorlarni jazolamaslikni aytgandi, lekin 6 oy o‘tgandan keyin sinov davri uchun ham tadbirkorlar jazolandi-ku.

E-Aktiv – soliq to‘lovchilarni jarima qilish uchun qo‘shimcha manba xolos, boshqa hech narsa emas.

E-aktiv'dan soliq organi hech qanday natija ololmaydi, foydasi nolga teng, ortiqcha kuch va xarajat talab qiladigan narsa xolos.

Soliq qo‘mitasi shuncha narsani tadbirkorlarning bo‘yniga yuklagandan ko‘ra, soliq organidagi bazaga qo‘shimcha bojxonada keladigan 2 dona raqam (mahsulot nomi va o‘lchov birligi) kiritsa bo‘ldi, butun E-Aktiv qila oladigan ishni bitta odam ko‘rib tura oladi.

E-Aktiv hech qachon to‘liq ishlab keta olmaydi, ishlab chiqaruvchi bugun boshqacha ertaga boshqacha shakldagi tovar chiqaraveradi. Kalkulyasiya har kuni o‘zgaradi, E-Aktiv'dagi dastur uni to‘liq hisoblay olmaydi.

Butun dunyoda bu darajada elektronlashuv yo‘q, biznikilar kashfiyot qilishmoqchi va yurmaydigan narsani amalga tatbiq qilishmoqda. Yuradigan bo‘lsa, rivojlangan davlatlar buni qilgan bo‘lardi.

@Hisobuzb