Get Mystery Box with random crypto!

Hammaning o'z kumeri bor DSQ yaqinda ishga tushirgan E-Aktiv | HisobUzb

Hammaning o'z kumeri bor

DSQ yaqinda ishga tushirgan E-Aktiv tizimi borasida maslahatga chaqirishganda, Bu narsani qayerdan olishganligi so'ralganida Polsha, Daniya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya orasidan eng qashshoq va kichik biznesni "o'g'ri va muttahamlar" deb ataydiganlarning ya'ni Putin Rossiyasining yo'li tanlanganligiga asosli javob berisha olishmagan.

Nega aynan Rossiya? eng rasvo hozirgi kunda inson qadriyatlari toptalish bo'yicha birinchi o'ringa chiqishga harakat qilayotgan qulayotgan imperiya tanlangan? 70 yoshni qarshilayotgan kumerlarining aqli ozganidan SSSRni qayta tiklashga o'rinayotganlarning yo'lini? Chunki DSQ raisi Sherzod Qudbiyev bilan Putinning fikri bir joydan chiqar ekan. Bundan ko'rinib turibdiki bizning chenovniklarimizning kumeri davlatmas, davlat amaldorlari boy bo'lsa bo'ldi deydiganlar, bular uchun har doim biznes talanishi kerak va daromad manbai bo'lgan sog'in sigirdir.

Hop mayli o'zini oqlamagan Rossiyaniong tajribasi qanday ishlaydi? MXIK - Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlarida har bir mahsulotning alohida kodi bor. MXIKning og'riqli jihati shundaki, oddiy misol bilan tushuntirganda, yumshoq muqovali daftarga boshqa, qattiq muqovali daftarga boshqa kod to‘ldirasiz. Agar qattiq muqovali daftar charmli bo‘lsa, boshqa kod to‘ldirasiz. Shunaqa 86 mingdan ortiq kod bor. Oldin daftarmi daftar sotdim deb kod to‘ldirardingiz, hozir mayda-chuyda tasnifiga ko‘ra farqlansa ham, boshqa kod terishga majbursiz.

Biznesni bunday murakkablashtirishdan maqsad – biznesni jazolashdan boshqa narsa emas. Eng yomoni, minglab kodlar orasidan mahsulot kodini topish qiyin bo‘lyapti. Natijada, tadbirkor aynan tovarga mos kodni topmasa, hisob-fakturada xatolik yuzaga kelaveradi.

Xizmat va tovar turlari shunaqa tez o‘zgaradigan narsaki, ularning hammasini kodlab bo‘lmaydi. Bu bilan soliq organi nazorat funksiyasi qolib, biznesga aralashib ketyapti. Tadbirkorning tepasida nima qilyapsan, deb qarab turmoqchi. Bu narsalarni Rossiyadan ko‘chirdik deyishyapti, bu tajriba Rossiyada ham o‘zini oqlamayapti.

E-Aktiv: “Ko‘r-ko‘rona ko‘chirilgan va biznesga ortiqcha yuk”

— DSQ yaqinda ishga tushirgan E-Aktiv tizimi borasida maslahatga chaqirishganda, bu narsani qayerdan olishganini so‘radik. Aytilishicha, Polsha, Daniya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya tajribasini o‘rganib chiqishgan va Rossiyanikini tanlashgan. Nima sababdan shuncha davlatdan eng qashshog‘ining yo‘lini tanlayapsiz, degan savolga javob bera olishmadi. Ko‘rib turibdi, xaskashni bosdi, boshiga urildi, xatoligini bilib nega bu yo‘ldan qaytishmayapti?

Davlat soliq organlarining biznes muhitini bilmasligi natijasida qo‘llanilayotgan narsa E-Aktiv'dir. Qudbiyev soliq tizimiga kelgach, har kunlik tovarga har kuni hisob-faktura berasizlar, dedi. Har kuni mana shuncha tovar sotdim deb hisobot berib qo‘ymasang, shu tovar qiymatining 20 foizi miqdorda jarima qilaman dedi. Qonun esa: “Hisobotga chalg‘ima, biznesing bilan shug‘ullanib, oy tugagandan keyin 10 kun ichida hamma hisob-fakturlaringni ber”, deyapti.

Tadbirkor har kunlik narsaga har kuni hisob-faktura bera olmaydi, bunaqa massani soliq portalining o‘zi ko‘tarolmaydi, buning fizik jihatdan ham imkoniyati yo‘q. Bu narsaning xatoligini isbotlab berdik, qonunga zid harakat qilyapsizlar, dedik. Sherzod Qudbiyev har kunlik hisobot qilish xato ekani, har oylik hisobot topshiraverish kerak degan qarorga keldi. Biroq ketidan E-aktiv degan narsani o‘ylab topishdi.

E-Aktiv – tovar-moddiy boyliklaringiz, asosiy vositalar haqidagi ma’lumot. Har kuni DSQga ma’lumot berib turishingiz kerak. E-Aktiv'ga mana shu narsani bugun sotdi, deb ma’lumot kiritish kerak. Unda oylik hisobotni nega topshiramiz? Yana o‘sha har kunlik hisobot topshirishni, E-Aktiv deb nomlab qayta joriy qilishdi. Bu E-Aktiv'ga har kuni hisobot joylash uchun bir vagon ish qilish kerak. Bugun ish tugasa, buxgalterlar kechgacha o‘tirib hisobot to‘ldiradi. O‘sha DSQ oddiy jadval deb atayotgan narsagacha qancha ish borligini soliq qo‘mitasi tushunmayapti, buxgalterlar bekorga dodlamayapti.

@Hisobuzb