Get Mystery Box with random crypto!

Haykallarning tagiga gul qo‘yishdan voz kechish vaqti kelmadim | HisobUzb

Haykallarning tagiga gul qo‘yishdan voz kechish vaqti kelmadimikan!?

Men ushbu fikrlarni e’tiqodimdan kelib chiqib, bildirmoqchi emasman. Shunchaki, dunyoviy tarafdan ham qarasangiz, bu ish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Endi men sizga fikrimni asoslantirib beraman.

Birinchidan, haykalning tagiga gul qo‘yib, ta’zim qilganingiz bilan hech narsa o‘zgarmaydi: na o‘lgan odam tirilib keladi, na ruhi shod bo‘ladi.

Ikkinchidan, hukumat darajasidagi tadbirlarda o‘sha haykallarni tagiga qo‘yiladigan gullarning har biri o‘rtacha 5-6 mln so‘mni tashkil etadi. Umumumiy idoralar tomonidan qo‘yilgan gullarning qiymati 250 mln so‘m atrofida bo‘ladi (hududlardagi marosimlarni qo‘shib hisoblasangiz, 1 mlrd atrofida bo‘lib qoladi). Gul esa ikki kunda so‘lib, yo‘q bo‘lib ketadi (aksiga olib, uni qo‘y ham yemaydi). O‘sha pullarni vatan uchun shahid bo‘lganlarning oilasiga yoki boshqa moddiy sharoiti og‘ir bo‘lganlarga tarqatib berishsa, qanaqadir gul qo‘yishdan ancha manfaatli bo‘ladi.

Xullas, o‘zimcha aqllilik qilmoqchi emasman. Shunchaki maqsadim odamlarga ko‘proq manfaat tegsin deyman. Zero, inson qadri qanaqadir haykallardan yuqori turishi shart!

@Hisobuzb