Get Mystery Box with random crypto!

Andijon viloyatida sug‘urta pullarini o‘zlashtirgan sobiq dire | HisobUzb

Andijon viloyatida sug‘urta pullarini o‘zlashtirgan sobiq direktorning qilmishi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan «C.i.» sug‘urta kompaniyasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, kompaniyaning Andijon sug‘urta markazi filiali sobiq direktori A.Yu. bank muassasalariga bir xil raqamli polislarni bir necha marotaba taqdim qilish va sug‘urta polislarini sotuvidan tushgan 436,2 mln so‘m sug‘urta pullarini kompaniya hisob-raqamiga kirim qilmasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

P.S; Agarda butun sug'urta tizimini qarab tekshirib chiqiladigan bo'lsa har bir sug'urta kompaniyasining ortida chinovniklarning turganligi topiladi.

@Hisobuzb