Get Mystery Box with random crypto!

Milliy gvardiya «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yaqinida yon | HisobUzb

Milliy gvardiya «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yaqinida yonib ketgan harbiy texnika yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yaqiniga olib kelingan harbiy texnikalardan biri yonib ketgani aks etgan videolar tarqalgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi mazkur holatga izoh berib, yong‘in nima sababdan kelib chiqqanini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 13 yanvar kuni soat 22:20 larda «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

@Hisobuzb