Get Mystery Box with random crypto!

#Maʼlumot #Navbatdagi_kitob Keyingi testlar «Hadis va Hayot | Hilol Test

#Maʼlumot #Navbatdagi_kitob

Keyingi testlar «Hadis va Hayot» kitobining 8-juzi asosida boʻladi

Xabaringiz bor, sahifamizga «Hadis va Hayot» kitobining bir qator juzlaridan savollar qoʻyilgan. Keyingi testlarimiz ushbu kitobning 8-juzi«Zakot kitobi» asosida boʻladi, inshaalloh.

Islomning besh ruknidan uchinchisi boʻlmish zakot ibodati haqida kerakli maʼlumotlarni bilish va ularga amal qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir.

«Hadis va Hayot» kitobining mazkur juzi ayni shu ruknga bagʻishlangan. Bu juz asosida tuzilgan testlarni yechish asnosida oʻzingizni qiziqtirgan koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlasiz, degan umiddamiz.

Kitobni qayerlardan topish mumkin

«Hilol Nashr» doʻkonlaridan;

kitoblardunyosi.uz saytidan;

«Hilol eBook» ilovasidan (elektron va audio shaklda).

@hiloltest