Get Mystery Box with random crypto!

#Maʼlumot #Navbatdagi_kitob «Hilol Test» kanalida qoʻyib bori | Hilol Test

#Maʼlumot #Navbatdagi_kitob

«Hilol Test» kanalida qoʻyib borilgan «Hadis va Hayot» kitobining 8-juzi asosida tuzilgan test savollari tugadi. Shu bois endigi savollar shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Ijtimoiy odoblar» kitobi asosida boʻladi, inshaalloh.

Mazkur kitobda soʻzlashish, ovqatlanish, marosim va bayramlar, kiyinish, shaxsiy ozodalik, yoʻl, telefon va internet, tijorat, masjid, ilm va kasb, bemorni ziyorat qilish odoblari kabi musulmon odam hayotining barcha jabhasini qamrab oluvchi odoblar haqida soʻz yuritilgan.

Kitobni qayerlardan topish mumkin

Kitobni qogʻozli, elektron va audio (DVD disk) holatlarda quyidagi manzillardan topish mumkin:

«Hilol Nashr» doʻkonlaridan;

kitoblardunyosi.uz saytidan;

«Hilol eBook» ilovasidan.

Kanallarimizni kuzatib boring!

Lotin yozuvida | Кирилл ёзувида