Get Mystery Box with random crypto!

#Maʼlumot #Navbatdagi_kitob Keyingi testlar «Hadis va Hayot | Hilol Test

#Maʼlumot #Navbatdagi_kitob

Keyingi testlar «Hadis va Hayot» kitobining 18-juzi asosida boʻladi

Noyabr oyidan buyon «Hilol Test» sahifasiga «Islom tarixi» kitobi boʻyicha testlar joylab borildi. Ushbu kitobdan testlar tugaganini va navbatdagi testlar «Hadis va Hayot» silsilasining 18-juzi«Tib va dam kitobi» asosida boʻlishini maʼlum qilamiz.

Ushbu kitobda tib haqida kelgan hadislar sunnatning qaysi turiga kirishi, ularga qandoq munosabatda boʻlish kerakligi, Islomda sogʻliqni saqlash ishiga qandoq qaralishi, dinimizda tozalikka rioya qilish, sogʻliqqa zarar yetkazuvchi va atrofni iflos qiluvchi narsalardan qaytarish, badantarbiya, sogʻliqqa zararli narsalarni harom qilinishi, jismni toliqtirishdan qaytarish, sogʻliqni saqlash maqsadida yengillik va ruxsatlar berilgani kabi mavzular keng yoritilgan.

Kitobni qayerlardan topish mumkin

«Hilol Nashr» doʻkonlaridan;
kitoblardunyosi.uz saytidan;
«Hilol eBook» ilovasidan (elektron va audio shaklda).

@hiloltest