Get Mystery Box with random crypto!

#maʼlumot «Hilol-Nashr» Istanbulda o'tayotgan xalqaro noshir | Hilol Nashr

#maʼlumot

«Hilol-Nashr» Istanbulda o'tayotgan xalqaro noshirlar dasturida ishtirok etmoqda

«Hilol Nashr» nashriyoti Istanbul shahrida o'tkazilayotgan 9-xalqaro Istanbul noshirlar hamkorlik dasturida ishtirok etmoqda. Dasturga dunyoning 93 mamlakatidan 290 dan ortiq nashriyot uylari va kitoblarni boshqa tillarda nashr qilish huquqini sotuvchi agentliklar vakillari ishtirok etmoqda.

Dasturda butun dunyodan kelgan noshirlar tashkilotchilar tomonidan yaratilgan platforma orqali oldindan uchrashuvlar belgilab olib, dastur davomida yuzma-yuz yoki online shaklda uchrashib o'zaro kelishuvlar qilishadi. Platformada barcha ishtirokchi nashriyotlar va agentliklar haqida ma'lumotlar bor — ularning kataloglari, saytlari, chiqaradigan kitoblari, yo'nalishlari va boshqalar.

Noshirlar bu dastur orqali o'zlari nashr qilayotgan kitoblarni tarjima qilib boshqa tillarda nashr qilish huquqini sotishadi yoki boshqalardan sotib olishadi. Boshqacha aytganda, dastur orqali dunyoning qayerida qanday kitob chiqayotganini bilish va ularning huquqini sotib olib o'z tilingizda nashr qilishingiz mumkin. Ajoyib emasmi, 2023-yilda Angliya yoki Germaniyada nashr qilingan zo'r bir kitobni 2024-yilda o'zbek tiliga tarjima qilib nashr qilish imkoniyati bor bugun.

«Hilol-Nashr» ayni dastur doirasida o'zbek tilida nashr qilish uchun huquqini olgan «Halovat izlagan qalblar» kitobini tez orada o'quvchilar e'tiboriga havola qiladi.

@hilolnashr