Get Mystery Box with random crypto!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot H
Telegram kanalining logotibi hetmuloqot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Kanal manzili: @hetmuloqot
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 52.52K
Kanalning ta’rifi

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
Instagram: @hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-03-30 12:22:08
CHEKKA QISHLOQLARNING ELEKTR TA’MINOTI SIFATI YAXSHILANMOQDA

Respublikamiz Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi 408-sonli qarori hududlar infratuzilmasini yaxshilashda asosiy dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Qaror ijrosini ta'minlash doirasida Bo’ston tumanidagi "Davlatobod", “Yakkatol” mahallalarida hamda Andijon tumanining “Mart” mahallasida rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Bu haqida Sevimli telekanali "Zamon" informatsion dasturi orqali ma'lum qilamiz

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.0K views09:22
Ochish/sharhlash
2023-03-30 10:24:57
#Jarayon

Yunusobod tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, tuman elektr ta'minoti tomonidan tumanning "Ahilobod" MFY hududidagi 10 kVli 2939-sonli transformator punktidagi mavjud 400 kVAli eski transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi.

Bu bilan, ushbu mahalladagi 58-, 61-, 62-, 68-sonli ko'p qavatli aholi yashash xonadonlaridagi 700 nafarga yaqin iste’molchining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.0K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-03-30 08:18:26
“ISTIQLOL” MАSSIVIDA YANGI PODSTANSIYA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda “Yangi Andijon” turar-joy massivida ko'p qavatli uylarni doimiy elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun Andijon tumanining “Istiqlol” massivi hududida 1,04 yer maydoniga yangi 110/35/10 kV kuchlanishli quvvati 16 MVА bo'lgan podstansiya qurish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.1K views05:18
Ochish/sharhlash
2023-03-29 14:05:41
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMIYATNING “ELEKTR ENERGIYASINI SOTISHNI AVTOMATLASHTIRISH MARKAZI” FILIALIDA BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali “Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash” boʼlimiga bo’lim boshlig’i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis va mutaxassis lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida doimiy ishga
qabul qilinadi.

Nomzodlar oʻz ma’lumotnomalarini rus yoki oʻzbek tillaridagi (CV Word shaklida) Telegramga ulangan quyidagi raqam (94-676-47-47)ga yuborishi soʻraladi. Bogʻlanish uchun 71-207-23-70 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Eslatma: Hujjatlar 2023 yil 10 aprelgacha qabul qilinadi.

Rasmiy kanallarimiz

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
5.3K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-03-29 13:31:52
“NURLI KELAJAK” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANDI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali tomonidan Yangi Namangan tumani “Nurli kelajak” mahallasida Prezidentimizning 408-sonli qarori ijrosini ta’minlash orqali hududda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash borasida samarali ishlar bajarilmoqda.

Jarayon tafsilotlari bilan viloyat teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" dasturida namoyish etilgan quyidagi videolavha orqali tanishing.

“Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.6K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:28:26
PREZIDENT QARORI ASOSIDA POYTAXTDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining Podstansiya xizmati xodimlari tomonidan Uchtepa tumanining “Degrez”, “Sharq guli”, “Davlatobod”, “Bekobod”, “Istirohat”, “Qor yog'di”, “Chamanzor”, “Yusuf Sakkokiy” hamda “Shaftolizor” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasidan chiquvchi fider Uchtut, Said-1 va Said-2, Bekobod hamda Beshqayrag'och uzatmalaridagi 10 kVli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Batafsil

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
6.0K views07:28
Ochish/sharhlash
2023-03-29 09:11:39 DAVLAT DASTURLARI ASOSIDA CHEKKA HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar Andijon viloyatining barcha hududlarida tizimli olib borilmoqda. Bu borada olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari Xo’jaobod va Buloqboshi tumanlarida ham davom etmoqda.
4.6K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-03-28 10:23:15
DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR – AMALDA

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 435-sonli “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Yangiariq tumanining “Sevgan” mahallasida yangidan elektr tarmog’i qurildi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
1.1K views07:23
Ochish/sharhlash
2023-03-28 08:49:20
MAHALLALARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 670-sonli Qarori ijrosi bo’yicha Andijon viloyatining barcha hududlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibiy korxonalari xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Andijon shahar "Maorif” MFY hududidagi Yangi zamon, Ergash Ziyayev ko'chalarida yashovchi 60 dan ortiq aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi Eski shahar bo'limi tomonidan hozirda 21 dona temir - beton tayanchlar olib kelib o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari ushbu mahallaga 300 metr uzunlikdagi 6 kV havo tarmog'i tortish hamda quvvati 250 kVA bo'lgan 2 dona transformator punkti o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
3.1K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-03-27 13:22:42 Dastur asosida chekka hududlarda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 408-sonli qarori asosida barcha hududlarda aholi turmush tarzini yaxshilash borasida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali xodimlari tomonidan Bandixon tumanidagi "Urg'ulsoy", mahallasi hududida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqda, Sevimli telekanali “Zamon” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan videolavhada batafsil tо‘xtalib о‘tildi.
1.6K views10:22
Ochish/sharhlash